Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Shappara ko‘rmas esa kun yuzini bizlara g‘am yo‘q 
Har kunda chiqar kun, yorig‘idur olama paydo. 
So‘ngra shu kechada Me’rojdin qaytib, Payg‘ambarimiz o‘z joylariga keldilar. Ertalab 
Ka’ba oldidagi Quraysh majlisiga kelib o‘ltirdilar. Shu orada Abu Jahl ham paydo bo‘lib, 
Payg‘ambarimiz oldiga keldi. Ko‘ngliga tavfiq tushgan bo‘lsa ajab emas, deb Me’roj 
voqeasini anga bayon qildilar. Bu so‘zni eshitgan zamon Abu Jahl o‘rnidan irg‘ib turib: 
«Ey Quraysh bolalari, tezlikda buyon kelinglar», deb borliq tovushi bilan qichqirdi. 
Buning nidosini eshitgan kofirlar har tomondin yugurishib keldilar. «Hoy, bu nima 
xabardur?», deb har yoqdin so‘rashgani turdi. «O‘zidan so‘ranglar», deb Abu Jahl 
payg‘ambarimizga ishorat qildi. Anda Rasululloh: «Shu o‘tgan kechasi men shundoq 
ulug‘ bir voqea ko‘rdim», deb ko‘rganlarini bayon qildilar. Buni eshitib, bularning 
boshlariga qiyomat turdi. Ba’zilari ersa: «mana endi yolg‘oni ochildi», deb suyunganidin 
chapak chaldilar. Iymonlari ko‘ngillariga o‘rnashmagan bir necha yangi musulmonlar 
murtad bo‘ldilar. Quraysh kofirlari bu voqeani o‘zlari uchun katta hujjat bilib, «borib-
kelishi ikki oylik yo‘lga Muhammad, kechaning bir qismida borib keldim, deydur. Bu 
so‘zga kim ishonsa bo‘lur. Bu ochiq yolg‘on emasmu?» deb mo’minlarga ta’na qildilar. 
Yana bir nechalari yugurganlaricha hazrati Abu Bakr qoshlariga kelishib: 
— Ey Abu Bakr, do‘sting Muhammad so‘zini ongladingmu, yana bir yangi yolg‘on 
chiqardi. Ikki oylik yo‘l— Quddus shahriga kechaning bir qismida borib keldim, deydur. 
Endi sen bunga ham ishona olurmisan? — dedilar. Anda Abu Bakr: 
— Agar shu so‘zni aning aytgani rost bo‘lsa, u to‘g‘ri aytgan, albatta, unga ishonurman. 
Chunki yetti qat osmon ustidan, kecha-kunduz soatlar ichida unga kelgan vahiy 
xabarlariga ishonib, uni tasdiq qilurman. Endi buni nechuk tasdiq qilmagayman, — 
dedilar. 
Mana shu kundan boshlab Payg‘ambarimiz Abu Bakrga «Siddiq» laqabini qo‘ydilar. 
Shuning bilan mo’min-kofirlar ichida Me’roj voqeasi bilan shov-shuv so‘zlar ko‘paygani 
turdi. Quraysh kofirlari ichida Quddus shahrini ko‘rganlari ko‘p edi. Payg‘ambarimiz 
bo‘lsalar bu shaharga kelmagan va ani ko‘rmagan edilar. Imtihon uchun shahar 
belgilarini, Masjidul Aqso sifatlarini Payg‘ambarimizdin so‘ragani turdilar. Ma’lumdurki, 
bu shaharga kirgan kishi, birinchi navbat ko‘rishida u shaharning hamma joylarini qaydin 
bila olur. Payg‘ambarimiz shu fikrni qilib turgan chog‘larida Jabroil alayhissalom bir 
ko‘zgu ko‘targandek, Quddus shahrini ko‘tarib, Payg‘ambarimizning qarshilariga qo‘ydi. 
Quraysh mushriklari Quddusning qaysi joyidan so‘rasalar, Jabroil alayhissalom ishoratlari 
ila, alarga aniqlab aytib turdilar. Bu haqdagi qilgan imtihonlari to‘g‘ri topilganlikdin, 
hammalari hayron bo‘lishib qoldi. Bu ishga bek taajjublanib:  
— Ey Muhammad, ko‘rgan kishidek bergan javoblaringning barchasi to‘g‘ridur. Endi 
bizning Shomdin kelayotgan karvonlarimizni qaysi o‘rinda uchratding?,— dedilar. Anda 
Payg‘ambarimiz karvonga uchragan joylarini va alarning hol-ahvollaridin xabar berdilar. 
So‘ngra: 
— Falon kuni, kun chiqar chog‘ida karvon yetib kelur. Eng oldida kelgan tuyaning tusi 
qora bo‘zdur. Ketishda bu karvonni falon soyda uchratgan edim. Buroqning savlatini 
ko‘rib, tuyalar cho‘chishib hurkidilar. Hurkib qochgan tuyalardan birisini yo‘qotib, 
topolmay qoldilar. U yerdan o‘tib, Zajnon degan joyga kelganimda karvonning bir 
bo‘limini ko‘rdim. Tushgan manzillarida barchalarini topdim. Usti o‘ralgan bir idishda suv 
ko‘rib, uni olib ichdim. Ichida suv qolmadi. Ilgarigidek qilib o‘rab qo‘ydim. Karvon 
xalqidin shu alomatlarni so‘ranglar. Agar shunga ham ishonmasanglar, mana shu 
hozirda karvon qofilasi (bo‘lagi) Tan’im tog‘idan tubanroq tusha boshladi. Eng oldida 
qora bo‘z ranglik tuya bordur. Aning ustida ikki dona somon solingan qoplari bor, uning 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin