Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
bilan dushmanlariga qarshi turib, oxirida hammani yengdilar. Butun dunyoga haqiqat 
nurining shu’lasi shu sababdin tarqaldi. 
Shundog‘ bo‘lib, yuqorida nomlari yozilmush uch bozor mavsumida yig‘ilgan xalqni 
naqadar jiddiyatlik ila Payg‘ambarimiz dinga da’vat qilsalar ham hech bir natija chiqmay, 
alardin kutgan umidlari uzildi. Shu orada haj mavsumi ham boshlanib, arablar o‘z 
odatlaricha taraf-tarafdin haj qilish uchun Makkaga yig‘ilgani turdilar. Hazrati Ibrohim, 
Hazrati Ismoil alayhissalomlardin qolgan diniy rasmlar arablarda unutilmagan edi. 
Baytullohni hurmatlash, haj mavsumlarida Makka atroflaridin kelib, Ka’bani ziyorat 
qilish, Arafotga chiqib, Mino tog‘ida qurbonlik bo‘g‘izlash, mana shunga o‘xshash diniy 
ishlar birmuncha xurofotlashgan bo‘lsa ham, o‘z oralarida rivojlik edi. Shu o‘rgangan 
rasmlaricha, Arafotdin qaytgach, Muzdalifadin o‘tib, Mino tog‘iga tushdilar, har qabila o‘z 
oldiga bo‘linib, soy jilg‘alarini to‘ldirib, chodirlarni qurib o‘tirdilar. Mana shu chog‘da 
Payg‘ambarimiz fursatdan foydalanish fikrida har bir qabilaning ustiga kelib: 
Ey bani falon, men Alloh taolo tarafidin sizlarga kelgan payg‘ambardurman. Alloh 
sizlarni yolg‘iz o‘zigagina ibodat qilmoqqa, hech bir narsani unga sherik qilmasga 
buyurdi. Butparastlikni tashlab, meni haq payg‘ambarligimga iymon keltirishga amr 
qildi. Endi menga iymon keltiringlar, meni Tangrining payg‘ambari, deb ishoninglar. 
Boshqalarning hujumidin meni himoya qilinglar, toki men din to‘g‘risida Alloh taolodin 
kelgan amrlarni bandalariga yetkazgayman,— der edilar. 
Payg‘ambarimiz bu so‘zlarni aytib, to‘xtashlari hamon bir kishi turib: 
— «Ey bani falon, buning so‘ziga quloq solmanglar, bu esa bizdin chiqqan bir buzuq 
kishidur, ota-bobolarimizdin qolgan dinlaringizni tashlamanglar, buning keltirgan diniga 
kirar bo‘lsangiz Lot, Manot, Uzzo butlaringizdin judo bo‘lursiz. Buning keltirgan ishida 
biror yaxshilik bo‘lsa edi, barchadin burunroq aning dinini biz qabul qilur edik. Chunki biz 
Quraysh xalqi buning qabilasidurmiz, men ersam, buning amakisi Abu Lahabdurman» — 
deb u ham nizo qilur edi. 
Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz qaysi qabila ustiga borib, alarni dinga da’vat qilsalar, 
so‘zlari tamom bo‘lish barobar, bu ham yuqorigi so‘zlarni aytib, rad qilar edi. Bani 
Hanifa, Bani Omir, Kinda, Bani Kalb va boshqa nurg‘un (ko‘p) qabilalar Mino tog‘ida 
yig‘ilgan edilar. Bularning ichida hammadin ortiq qo‘pollik ila javob qaytarganlari Bani 
Hanifa qabilasi edi. Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida Musaylama Kazzob degan yolg‘on 
payg‘ambar shul qabiladin chiqib, ko‘p qon to‘kilishlarga sabab bo‘ldi. So‘ngra 
Payg‘ambarimiz Bani Omir qabilasi ustiga keldilar. Alarning raislaridin Bayhar ibn Faros 
nomlik bir kishi turib: 
Ey Muhammad, biz seni qandoq o‘z himoyamizga kirita olgaymiz, sen Quraysh 
qabilasidin ajrab chiqishing hamon, arablar seni tirik qo‘ymaydilar. Shundoq bo‘lsa ham 
senga iymon keltirsak, bu ish qo‘lingga kirgandin so‘ngra, hukmronlik bizda bo‘lishiga 
ahd qilsang, senga iymon keltirib, diningga tobe bo‘lur edik, — dedi. Anda 
Payg‘ambarimiz: 
— Alloh taolo meni payg‘ambar qilib, butun xalq ustiga yubordi, alarga o‘zini tanishtirib, 
haq dinni o‘rgatishga buyurdi. Endi mening vazifam ersa, shu zahmatni ado qilishdur. 
Hukumat kimning qo‘lida bo‘lishi aning irodasiga bog‘liq. Ko‘pchilik xalq ixtiyoridadur, — 
dedilar. Anda ul kishi: 
— Agar biz iymon keltirib seni himoyamizga olur bo‘lsak, butun arab xalqi tomonidan 
otilmish o‘qlarga ko‘ksimizni nishon qilgan bo‘lurmiz. So‘qish kunlarida yengish yoki 
yengilish har ikki tomonning ehtimoli bordur. Biz yenggan taqdirda hukumat ixtiyori 
bizda bo‘lishi albatta lozimdur. Yo‘q ersa, bu ishga bizning hech hojatimiz yo‘qdur, — 
deb bular ham rad qildilar. Bulardin yana boshqalari Bani Avs, Bani Sulaym, G‘asson, 
Bani Muxorib, Fazora, Bani Nazr, Murra, Uzra mana shular qatorlik bir muncha qabilalar 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin