www.ziyouz.com kutubxonasi
53
biri oq, biri qoradur, — dedilar.
Payg‘ambarimizdan bu xabarni onglab turgan kishilar shoshilinch ravishda karvonni
qarshi olish uchun shahar tashqarisiga qarab jo‘nadilar. Shu chog‘da bir kishi: «Mana,
kun chiqdi», yana birlari: «Mana, karvon keldi», dedi. Qarasalar, qofila qorasi yiroqdin
ko‘rinmish edi. Makka mushriklari karvonga yetishlari hamon, alarning birinchi qilgan
ishlari Payg‘ambarimizning bergan xabarlarini tekshirish bo‘ldi. Qarasalar, aytganlaridek,
hamma so‘zlari to‘ppa-to‘g‘ri chiqdi. Karvon haqida keltirgan xabarlaridan hech
qanchalik xilof topmadilar. Payg‘ambarimiz deganlaridek, eng oldida qora bo‘z tuya
ustida somon tiqqan oq-qora qoplari bilan kelmoqda edi. Endi shu qadar qudrat
ko‘rsatish bilan ulug‘ mo’jizalarni ko‘zlari bilan ko‘rib tursalar ham, yana haqiqatga
egilmadilar. «Hoy, Muhammadga so‘z yo‘q, shunchalik ko‘z bog‘lovchi sehrchilikni kimdin
o‘rganmish ekan?», deb ilgarigidan ham ortiqroq dushmanliklari kuchaydi.
Yana shu Me’roj kechasi ertalab Jabroil alayhissalom kelib, besh namozning vaqtlarini,
rakatlarini, namoz o‘qish tartiblarini Payg‘ambarimizga o‘rgatdilar. Namoz farz bo‘lishidin
burun erta-kech ikki rakatdin, to‘rt rakat namoz o‘qir edilar. Bu esa Ibrohim
alayhissalomning namozlari edi. Buni birovdan ko‘rmasdin, hech kimdin o‘rganmasdin,
Allohning ilhomi ila o‘qib yurgan edilar. Endi bu ulug‘ mo‘jiza — Me’roj voqeasi o‘tgandin
keyin, Quraysh qabilasidin Payg‘ambarimiz umidlari uzildi.