www.ziyouz.com kutubxonasi
49
anchagina xatarlik edi, chunki Toif shahrida yashovchi Saqiyf qabilasi ila Makka
mushriklari uzun yillardin beri adovatda edilar. Bularga qarshi Rasulullohning ulardin
yordam so‘rab borishlari Qurayshning adovatlarini yanada ortiqroq qilgan edi.
Payg‘ambarimiz o‘zlaricha shaharga kirganlarida mushriklardin ortiqroq aziyat
chekishlari mumkin edi. Mana shu to‘g‘rilik, arablar odatlaricha biror qabila raisining
himoyasiga kirish zarur bo‘ldi. Shuning uchun Quraysh raislaridin Mut’im ibn Adiyga kishi
yuborib, o‘zlarini himoyasiga olishni andin so‘radilar. U ham bu ishni o‘ziga faxr bilib,
darhol qabul qildi. So‘ngra o‘ziga qarashlik kishilar ila barobar qurollangan holda
Payg‘ambarimizni birga olib, Quraysh majlisiga keldi. Alarga qarab, egiz ovoz ila: «Ogoh
bo‘linglarki, men Muhammadni o‘z himoyatimga oldim, buni buzishga Quraysh ichida
jur’at qiluvchilar bo‘lmas deb o‘ylayman», deganida, majlis ahli tomonidan: — «Sening
hurmating saqlanishi lozimdur», degan tovushlar eshitildi. Shuning bilan
Payg‘ambarimizning ko‘ngillari tinchlanib, shahar ichiga kirdilar. Ul zamon arablarning
odatlaricha, himoyaga olingan odamga, agar dushmanlari tarafidin tajovuz bo‘lar ekan,
himoyachi raisning o‘z oilasiga bo‘lgandek sanalur edi. Himoyat haqqini, qo‘shnilik ahdini
saqlashlik arablar oldida ulug‘ sharafga ega bo‘lgandek, bularni buzishlik esa eng qattiq
or-nomuslardin hisoblanur edi. Bu sabablik chiqqan urushlar, to‘kilgan qonlar arab
tarixlarida bek ko‘p uchraydi. Bu ham bo‘lsa, o‘tmishdagi arab millatining yaxshi
odatlarining birisidur. Chunki buning himoyasida birmuncha mazlumlar, nohaq zulm,
tahdidlar ko‘rishdan saqlanur edilar. Shundog‘ bo‘lib, Payg‘ambarimiz Toif shahridin
kelib, Makkada bir necha kun turganlaridin so‘ngra, Xudo tarafidin karomatlik ulug‘
voqea ko‘rsatildi.