AMPUTATSIYA QILISH SATXINI ANIQLASH
Bu muxim muammoni ko‘rib chiqishda N.I.Pirogov tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalarga amal kilish kerak bo‘ladi. U o‘zining «Nachalo voenno -polevoy xirurgii»
nomli kitobida shunday deb yozgan edi «…men amputatsiya kilish satxi tugrisida xech
narsa demadim. Bu tugrisida xamma qo‘llanmalarda yozilgan. Lekin men shu narsani
aytmokchimanki, ma’lum sharoitlarda xamma satxlar qo‘laydir. Men bo‘g‘imlar
yakinida, oyoqdagi tupiklar oldida, katta boldir suyagining dumbogi oldida, tirsak va
bilak suyaklarining bigizsimon usigi yakinida, bilak suyagining dumbogi oldida. elka
va sonning anatomik buyni oldida xam amputatsiya kilaveraman, cho‘ltoqning
uzunligi (masalan, boldirning pastki 1/3) ni xam men unchalik poqo‘lay emas deb
bilmayman. SHuning uchun men yumshok to‘qimalarning xolati kaysi joyda
operatsiyaga tuskinlik kilmasa, men shu joyda amputatsiya kilaveraman».
Amputatsiya kilish davrida qo‘l-oyoqni maksimal darajada saklash bosh taomil
bo‘lib qolishi kerak, chunki cho‘ltoq qanchalik uzun bo‘lsa, uni protezlash shunchalik
oson bo‘ladi. Juda uzoq vaqtlar davomida jarroxlar amputatsiya satxini aniqlash va
protezlash uchun standart protezlardan foydalanish uchun Sur-Vert, M.S.YUsievich,
Priorov va boshkalar tomonidan takdim kilingan chizmalardan foydalanib keldilar, bu
esa ko‘pchilik xolda asossiz ravishda qo‘l-oyoqning ko‘p qismlarini olib tashlashga
olib keldi.
Xozirgi kunda bu chizmalar o‘zining axamiyatini fakat rejali amputatsiyalar
davridagina saklab kolganlar xolos.
Dostları ilə paylaş: |