kattarok ulchamdagi laxtakni kesib olishi kerak. YUmshok to‘qimalarning usishi
suyakning usishidan sekinrok bulishini, shuning natijasida konussimon cho‘ltoq
bulishini xisobga olib yumshok to‘qimalarni suyak ustidan tikish kerak,
amputatsiyaning plastik uslublarida esa mushaklarga yangi birlashtiruvchi joylar
topish kerak.
Osteofitlar xosil bulishini oldini olish uchun suyak usish pardasiga aperiostal
bunga (Bunge) usuli bilan ishlov beriladi.
YUmshok to‘qimalarni kesish uslubiga karab aylanma, oval va laxtakli
amputatsiyalar farklanadi.
Aylanma amputatsiyalar uz navbatida bir ikki va uch laxzali amputatsiyalarga
bulinadi. Amputatsnyaniig gilotin usuli bemorda gazli gangrena bulib, uning axvoli
yomonlashganda kilinadi.
Bir laxzali amputatsiyalarda xamma yumshok to‘qimalar suyakkacha birdaniga
kesiladi.
Ikki laxzali amputatsiyalarda avvalo teri, teri osti yog kletchatkasi, yuzasi
fassiya kesiladi. SHundan sung terining kiskargan satxidan mushaklar suyakgacha
kesiladi.
Uch laxzali amputatsiyalarda (N.I.Pirogov) 1-2 laxzalari -2 laxzali
amputatsiyaga uxshab kilinadi, uchinchi laxzasida jarrox yordamchisi amputatsiya
kilinayotgan segmentning terisini yukoriga tortadi, terining tortilgan satxidan chuqur
mushaklar suyakkacha yana kesiladi yoki mushaklarning kirgogi tugrilanadi (rasm 4).
Bir laxzali amputatsiyalar kuyidagi afzalliklarga ega:
1. SHu amputatsiya tezda va oddiy ravishda bajariladi. SHuning uchun bu
amputatsiya axvoli ogir xoldagi bemorlarda bajariladi.
2. Qo‘lning kundalang kesimi doimo ochilib turadi. Bu to‘qimalarni yaxshi
azratsiya bulishiga olib keladi. Ushbu amputatsiya kupincha gazli gangrenada kilinadi.
Ikki laxzali amputatsiyaning bir laxzali amputatsiyadan afzalligi shundan
iboratki, bu xolda mushak va suyaklar nisbatan yukoridan kesiladi., bu esa suyak va
fassiyaning elastikligi tufayli suyakning oxirini berkitish imkonini beradi. Buni qo‘l
oyoqlarning distal tomonidan kilsa buladi, chunki bu joylarda nisbatan mushaklarning
massasi kichik buladi.
Ikki laxzali amputatsiyada cho‘ltoqning konussimon bulishini oldini olish uchun
uni manjetka shaklida yopiladi. Buning uchun amputatsiyaning birinchi laxzasini
bajarilganidan sung teri, teri osti kletchatkasi va xususiy fassiya mushaklardan
birgalikda ajratilib, yukoriga «manjetka» kurinishida agdariladi. Buning natijasida
«manjeta» ning ostidan kesilgan mushak va suyaklar teri, teri osti yog klechatkasi va
fassiya bilan tortilmasdan yopilishning imkoni tugiladi.
2
Uch laxzali amputatsiyaning afzallik tomonlari shuki, bu xolda suyakning
oxirini, protez kilishga yarokli bulgan yumshok to‘qimalar bilan berkitish imkoni
tugiladi.
Lekin bu amputatsiyaning kamchiliklari xam etarlidir. Bular kuyidagilardir:
1. Operatsiyadan sunggi chandikning cho‘ltoqni pastki yuzasidan joylashuvi uni
protez kilishda kiyinchiliklar tugdiradi.
2. Amputatsion konusni shakllantirilganda suyak yukoridan kesilib, amputatsion
cho‘ltoq kalta bulib koladi.
3. Amputatsiya fakatgina elka yoki sonning pastki 1/3 da, ba’zan o‘rtasida
muvoffakiyatli bajarilishi mumkin. Oyoq yoki qo‘lning juft suyaklari bor segmentlarda
bu operatsiyani bajarib bulmaydi.
Ba’zi xolatlarda N.I.Pirogov amputatsiyasi P.AKupriyanov modifikatsiyasidi kilinadi.
P.A.Kupriyanov operatsiyasining ikkinchi
laxzasini bajarishda muskullar ning xammasi emas, balki uning yuzaki kavati kesiladi,
bunda gurux kavatda joylashgan nervlar fakat bir marta kesiladi, xolos, bu esa
operatsiyaning kup jaroxat etkazilishini oldini oladi.
Oxirida shuni aytish mumkin, aylana amputatsiyalarni tez va oddiy ravishda
bajarilishi ushbu amputatsiyani xarbiy-dala sharoitida va «talofatlar jarroxligida»
ishlatish imkonini beradi.
Laxtakli amputatsiya kilinganda uning uzunligi amputatsion cho‘ltoqning ostini
tortilmasdan berkitishga etishi lozim buladi. Laxtakning uzunligini xisoblash uchun
Q=LPR formulasidan foydalanish lozim buladi.
Amputatsiya satxida qo‘lning aylanasi uzunligini o‘lchab, laxtaklarning soniga
karab, xar birining bulajak uzunligi aniklanadi. Bir laxtakning amputatsiyada
laxtakning uzunligi amputatsiya satxi aylanasi uzunligining 1/3 ga, ikki laxtakli
amputatsiyada esa uning 1/6 kismiga teng bulishi kerak. Ikki laxtakli amnutatsiyada
laxtaklarning bir biriga bulgan munosabati xar xil bulishi mumkin, lekin bu xolda
laxtaklar oyoq – qo‘lning chultogini berkitishiga etishi kerak. Undan tashkari, laxtakni
operativ olishdan avval uning uzunligiga terini kiskaruvchanligini kushib kuyish lozim
buladi (rasm 5).
Dostları ilə paylaş: