Teri laxtaklarini yashovchanligini ta’minlash uchun ularni keng oyoqcha bilan
ta’minlash kerak, ularni kiyib olganda esa teri osti yog kletchatkasi va fassiyalar bilan
birgalikda olish kerak - bu teri fassial laxtak buladi, agar suyak fassiya bilan yopilsa
fassioplastik, pay bilan yopilsa- tendoplastik, mushak bilan-mioplastik, suyak bilan
yopilsa-suyak plastik amputatsiya deyiladi.
Amputatsiya
kilinganda
cho‘ltoq yuzasini berkitish uchun aylanma
amputatsiyalarda teri kesmasining satxini va laxtakli amputatsiyalarda teri laxtaklarini
uzunligini e’tiborga olib, yumshok to‘qimalarning zaxirasini tashqil kilish kerak.
Aylanma amputatsiyalarda terining kesmasi kesilib. gaxmin kilingan oyoq yoki
qo‘lning segmenti diametrini ulchab unga oyoq yoki qo‘lning shu erdagi aylanasining
1/6 kismini teri kiskarilishiga kushib olinadi. Oyoq yoki qo‘lning diametri shu segment
aylanasining 1/3 iga tengdir. Bu xolda bukuvchi mushaklar tomonida terini kiskarishi
yozuvchi tomondagiga karaganda 2 marta kuchlirok buladi. Agar amputatsiyaning
laxtakli usuli kilinayotgan bulsa, ikkala laxtakning uzunligi suyagi kesilayotgan qo‘l
yoki oyoq segmentining diametriga teng bulishi kerak. Bitta laxtak doimo
ikkinchisidan uzunrok bulib, diametrning 2/3 kismini tashqil kilish kerak, bu esa xosil
bulgan chandikni oyoq yoki qo‘l chultogining ishchi yuzasidan tashkarida bulishini
ta’minlaydi.
Suyak chultogini etarli darajada yumshok to‘qimalar bilan berkitish kerak,
aksari xolatda nuksonli cho‘ltoq vujudga kelishi mumkin, bu esa qo‘l yoki oyoqni
protezlash ishini kiyinlashtiradi. Xususiy fassiyani teri laxtagiga kuyilishi xarakatchan
chandik xosil bulishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: