Yil davomida kasallanishning yuqori chegarasini aniqlash uchun har yili
hisobga olingan kasallanishni minimal (eng kichik) ko’rsatkichlaridan dinamik
qator tuzish kerak bo’ladi. Agar nol ko’rsatkichlari mavjud bo’lsa, u holda eng
kichik ko’rsatkich sifatida noldan keyingi ko’rsatkich olinadi. Shundan keyin
kasallanishning o’rtacha ko’p yillik eng kichik ko’rsatkichini hisoblash kerak
bo’ladi. Uni quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
∑y
U min =
n bunda:
u - kasallanishning eng kichik oylik kursatkichlarining yig’indisi.
n - tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar soni. Yil davomidagi kasallanishning
yuqori chegarasini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Uyuch = U min + Zm,
bunda
109
m - o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. Bu quyidagicha
aniqlanadi:
m = √ U min x (100000 – U min) / n bunda
n - tekshirilayotgan davrdagi o’rtacha aholi soni.