Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 1. Sanitariya-oqartuv ishlari. Har bir qorin tifi yoki paratif bilan og’rib o’tgan
shaxslarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, joriy dezinseksiya o’tkazish
va boshqalar aks ettirilgan maxsus eslatmalar beriladi.
2. Joriy dezinfeksiya.
3. DSENM xodimlari bakteriya tashuvchilarning yashash joyi bo’yicha bir
125
yilda bir marta qilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish uchun borib ko’radilar.
4. Bakteriya tashuvchilar o’choqlaridan sut va sut mahsulotlarini topshirish va
sotish man etiladi.