O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Dispanser  nazorati.  Qorin  tifi  bilan  og’rib  o’tgan  barcha  shaxslar  kasbidan 
qat’iy  nazar  3  oy  davomida  dispanser  sharoitida  nazoratda  bo’ladilar.  1-oyda 
haftada  1  marta,  keyingi  oylarda  2  haftada  harorati  o’lchab  turiladi.  Harorati 
ko’tarilganda  yoki  bemorning  umumiy  ahvoli  og’irlashganda  yana  bir  bor 
tekshiriladi.  Oziq-ovqat  korxonasi  ishchisi  bo’lgan  rekonvalessentlar  1  oy  asosiy 
ishdan chetlashtirilib, boshqa ishga qo’yiladilar, ko’rsatilgan muddat oxirida ularda 
najas va siydik 5 marotaba tekshiriladi: 
a)  bir  oydan  keyin  ham  bakteriya  tarqatsalar,  ular  oziq-ovqat  bilan  bog’liq 
bo’lmagan ishga o’tkaziladilar. 3 oy o’tgach, unday shaxslar chuqur bakteriologik 
tekshiruvdan o’tadilar. Ularda 1 -2 kunlik oraliq bilan 5 marta najas va siydik, bir 
marta  safro  tekshiriladi.  Manfiy  natija  bo’lsa,  ishga  qo’yiladi.  2  yil  davomida 
bakteriologik  tekshiruvdan  o’tkazilib  turiladi.  2  yil  o’tgach  ularda  sistein  bilan 
passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi qo’yiladi. Agar bunda musbat natija chiqsa, 5 
marta  najas  va  siydik,  manfiy  bo’lsa,  najas,  siydik  1  marta  safro  tekshiriladi. 
Serologik  va  bakteriologik  manfiy  natija  bergan  shaxslar  ro’yxatdan 
o’chirilmaydilar  va  butun  ish  faoliyati  davomida  har  yili  bir  martadan  najas  va 
siydiklari tekshiriladi. 
b) bir oydan keyin o’tkazilgan tekshirishda manfiy natija bergan shaxslar o’z 
kasblari  bo’yicha  ishga  qo’yiladilar,  2  oy  davomida  najas  va  siydik  tekshiriladi. 
Uchinchi  oy  oxirida  bir  marta  safro  tekshiriladi.  Qo’zg’atuvchilar  qayta  ajratib 
olinmasa  u  shaxslar  2  yil  davomida  har  chorakda  (najas  va  siydik  bir  martadan) 
tekshirib  turiladi,  keyinchalik  yuqorida  qayd  etilgan  sxema  bo’yicha  o’tkaziladi. 
Agar  3  oydan  keyingi  tekshiruvning  bittasida  bo’lsa  ham  ich  terlama  va  paratif 
bakteriyalari  ajratib  olinsa,  unday  shaxslar  surunkali  bakteriya  tashuvchi  deb  tan 
olinadi  va  ishdan  chetlashtiriladi,  ular  o’z  kasbini  o’zgartirishi  kerak  bo’ladi. 
Barcha surunkali bakteriya tashuvchilar butun hayoti davomida yashash joylaridagi 
DSENMlari ro’yxatida  turadilar. 
Rekonvalessent  va  tashuvchiga  shaxsiy  gigiyena  va  dezinfeksiya  o’tkazish 
tadbirlari  qatiyligi  tuShuntiriladi.  Yashash  joyi  bo’yicha  surunkali  tashuvchilarni 
o’zi  yoki  oila  a’zolaridan  biri  choralarni  o’tkazadi.  Hamma  epidemiyaga  qarshi 
chora-tadbirlarni  nazorat  qilish  DSENM  xodimlariga  yuklatiladi,  yashash  joyi 
bo’yicha bakteriya tashuvchini bir yilda bir marta borib ko’radilar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin