II. Analitik (tahliliy) epidemiologiya usuli. Kasallikning paydo bo’lishiga
va tarqalishiga sabab bo’lgan deb faraz qilingan omillar bilan epidemik jarayon
o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni tekshiradigan epidemiologik usul bo’lib, bu
usulni qo’llashdan asosiy maqsad, tasviriy baholash usuli yordamida aniqlangan
kasallikning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillar
va shart-sharoitlar haqida qilingan farazning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini
isbotlashdir.
Analitik (tahliliy) epidemiologiyaning asosiy maqsadi kasallikning kelib
chiqishi va tarqalishi uchun sabab bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli omillar haqidagi
26
farazni tekshirib, aniqlab ko’rishdan iboratdir. Analitik (taxliliy) epidemiologiyada
asosan ikki xil tekshiruv usuli qo’llaniladi: