O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiologik tahlilning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epidemiologik tahlilning tarkibiy qismlari 
 a)      Epidemiologik    semiotika    -      epidemik    jarayonni      o’rganuvchi 
ta’limotni  bir  qismi  bo’lib,  epidemik  jarayonni  o’ziga  xos  bo’lgan  belgilariga 
asoslanib  o’rganadi, epidemiologik  tahlil  qilishda  epidemik  jarayonning  quyidagi 
belgilari hisobga olinadi. 
- aholi guruhlari orasida kasallikning tarqalish tezligi. 
- har xil hududlarda kasallikning bir tekisda tarqalmaganligi. 
- kasallik tarqalishining jinsga va yoshga bog’liqligi. 
- kasallik tarqalishining yil fasllariga bog’liqligi. 
- kasallikning aholi har xil turkumlari o’rtasida turlicha taqsimlanishi. 
Bu belgilardan tashqari epidemiologik tahlil qilishda demografik ma’lumotlar, 
laboratoriya  tekshiruv  natijalari,  tahlil  o’tkazilayotgan  joyniig  kommunal  - 
sanitariya  ahvoli  haqidagi  ma’lumotlar,  shu  joydagi  hayvonlar  o’rtasidagi 
kasallikning tarqalganlik darajasi va shu kabi ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. 
b)  Diagnostik  texnika  —  bu  epidemik  jarayonning  o’ziga  xos  belgilarini 
aniqlashda qo’llaniladigan texnikaviy asbob-uskunalar, har xil tekshiruv yo’llari va 


 
32 
usullari yig’indisidir. 
Epidemiologik  tahlil  qilishda  mutloq,  intensiv,  nisbiy  va  ko’rgazmali 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi, bundan tashqari bemorlarni, sog’lom kishilarni va 
atrof-muhitda  joylashgan  har  xil  buyumlarni  laboratoriya  yo’li  bilan  tekshirish 
usullari ham qo’llaniladi. 
v)  Epidemiologik  diagnoz  haqida  aniq,  fikrga  kelish,  epidemiolog  o’zining 
professional  bilimlariga  dialektik  va  formal-logika  usullariga  asoslanib, 
epidemiologik  tahlil  uchun  to’plangan  ma’lumotlarni  o’zaro  solishtirib  va  fikrlab 
shu  kasallikning  kelib  chiqish  va  tarqalish  sabablari  haqidagi  ilmiy  farazni 
shakllantiradi  va  bu  farazning  qanchalik  darajada  to’g’ri  ekanligini  isbotlash 
uchun,  shu  kasallikning  epidemik  jarayoni  haqida  mavjud  bo’lgan,  ilmiy  jihatdan 
asoslangan  ma’lumotlar  bilan  nechog’lik  muvofiq  tushishini  tekshirib  ko’radi  va 
nihoyat epidemiologik diagnoz haqida aniq xulosa chiqaradi. 
Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun o’rganilishi lozim bo’lgan hujjatlar (8 - 
jadval). 
8-jadval. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin