33
To’plangan ma’lumotlarni guruhlarga
ajratib o’rganish
To’plangan ma’lumotlarni statistika
nuqtai-nazaridan qayta ishlash
To’plangan ma’lumotlar asosida fikr yuritish va epidemik jarayonga xos
bo’lgan belgilarni aniqlash, kasallikning kelib chiqishi va tarqalishidagi
asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish
Epidemiologik diagnozni asoslash
Kasallikni kelajakda qanday
darajada uchrashi mumkinligi
to’g’risida prognoz berish
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu kerakli ma’lumotlarni
to’plash bo’lib, buning uchun maxsus jadvallar tayyorlanib, shu jadvallarga kerakli
ma’lumotlar yoziladi va bu ma’lumotlarni keyinchalik guruhlarga ajratilib
statistika nuqtai nazardan qayta ishlanadi va shu ma’lumotlar asosida
diagrammalar tayyorlanadi.
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu to’plangan ma’lumotlar
asosida fikr yuritib, epidemik jarayonga xos bo’lgan belgilarni aniqlash, ushbu
kasallik kelib chiqishi va tarqalishidagi asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni
shakllantirish va shu ma’lumotlarga asoslanib kasallikning kelajakda qanday
darajada uchrashi mumkinligi to’g’risida prognoz berishdir.
Dostları ilə paylaş: