39
oddiyligidir. Yuqorida ko’rsatilgan birinchi va ikkinchi belgilarni qo’llash yuqori
samarali natijaga asoslanishini nazarda tutmoq lozim.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni epidemik jarayonning hamma
zvenolariga nisbatan baravariga qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi chora-tadbirlarni qo’llashda bir necha ishtirokchilar qatnashadilar.
Epidemiyaga karshi kurashuvchilarning besh xil vazifasini tasvirlash lozim:
tashkiliy, diagnostik, uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish.
Birorta chora-tadbirlarni amalga oshirishda bir necha ishtirokchi har xil
vazifani bajarishda qatnashadi. Epidemiyaga qarshi kurashish zamonaviy
tizimining maqsadi: aholi orasidagi yuqumli kasalliklarni keskin kamaytirish va
ba’zilarni esa butunlay yo’qotishdir.
Epidemiyaga qarshi kurash tizimi kasallikni aniqlash natijasiga asoslanib
qo’llanilgan chora-tadbirlar, yuqumli kasalliklarning oldini olishga va ularga
qarshi qaratilgan ilmiy qo’llanmalarga asoslanadi.
Epidemiyaga qarshi kurash tizimining aholiga xizmati qonun asosida
mustahkamlanishi lozim. Respublika sog’liqni saqlash qonunlarida uqtirilishicha,
aholining sog’lig’ini saqlash ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va tibbiy sanitariya choralari
orqali ta’minlanadi.
Bu hujjatda hamma davlat idoralari, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning aholi sog’lig’ini saqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni
echishdagi javobgarliklari ham ifodalangan.
Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga muvofiq ravishda xalq
deputatlari kengashi ijroiya qo’mitasi, hokimliklar, korxona, muassasa, tashkilotlar
boshliqlari va boshqa rahbarlar yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-
tadbirlarini o’z vaqtida bajarishlari lozim va kasallik paydo bo’lganda esa uni
bartaraf qilishda faol ishtirok etishlari shart.
Chora-tadbirlar guruhi o’zining yo’nalishiga qarab epidemik jarayonning har
bir omiliga qaratilgan bo’lib, bunda epidemiyaga karshi vosita qo’llanish va
qo’llanmasligi mumkin va shu bilan birga kasallanishning oldini olishga qaratilgan
bo’lishi kerak (13- jadval).
13 - jadval
Dostları ilə paylaş: