65
Quturish
O’tkir virusli infeksiya bo’lib, tabiiy antropurgik zoonoz kasallik hisoblanadi.
Tabiatda ushbu kasallik virusini asosiy asrovchilar itsimonlar oilasiga mansub
yovvoyi yirtqich (bo’ri, tulki va boshqa) hayvonlar hisoblanadi (17-jadval).
17-jadval.
Umurtqalilarning quturish virusiga beriluvchanligi (JSST
ma’lumotlariga ko’ra)
Umurtqalilar turi darajasi
O’ta yuqori
Yuqori
O’rta
Tulki
Bo’ri
Chiyabo’ri
Ariqsichqoni
(latcha)
Dalasichqon
Uy mushugi
Quyon
Ko’rshapalak
ko’rshapalaklarning ba’zi
turlari
Qo’ng’ir silovsin
Odam
It
Qo’y
Echki
Ot
Qoramol, olmaxon
Insonga asosan uy hayvonlari (it, muShuk) tishlaganda yoki yalaganda virusli
so’lakning teriga yoki shilliq pardada paydo bo’lgan jarohatga tushishi orqali
yuqadi. Kasallik markaziy asab sohasini zararlab, bemorni o’limga olib keladi.
Ushbu kasallik zooantroponoz bo’lganligi tufayli quturish bilan kurashish choralari
tibbiyot va veterinariya xodimlari hamkorligida amalga oshiriladi.
Veterinariya-sanitariya choralari bir tomondan it boqishning ma’lum qonun-
qoidalariga (ro’yxatga qo’yish, ko’chaga, sayrga tumShug’bog’da qo’yish),
ikkinchi tomondan daydi, egasiz it muShuklarni qirg’in qilishga taqaladi. Quturish
belgisi paydo bo’lgan hayvonlar darhol veterinariya muassasalariga olib kelinib,
ular ustidan 10 kun davomida nazorat o’rnatiladi.
Quturish diagnozi qo’yilgan holda o’choqda namli dezinfeksiya o’tkaziladi.
Quturish kasalligi bo’yicha noqulay tuman va hududlarda itlarni va boshqa xo’jalik
hayvonlarini emlash lozim.
Endi hayvonlar epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklarning
ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: