O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Natriy  metasilikati  -  suvda  yaxshi  eruvchan,  oq  kristall  modda.  Uning 
suvdagi  eritmasi  yuvuvchi  va  zararsizlantiruvchi  va  oqartiruvchi  xossaga  ega. 
Ammo  u  matolarning  rangini  o’zgartiradi,  shishalarda  yuvilmaydigan  dog’ 
qoldiradi.  Shuning  uchun  dag’alroq  yuza  sathini  zararsizlantirish  uchun  tavsiya 
etiladi. 
 
Dezinfeksiya turlari 
Dezinfeksiyaning  ikkita  turi:  o’choqli  (epidemiyaga  qarshi)  va  profilaktik 
dezinfeksiya farq qiladi. 


 
77 
O’choqli  dezinfeksiya  yuqumli  kasallik  paydo  bo’lganda  joylarda,  ya’ni 
infeksiya o’choqlarida o’tkaziladi. 
O’choqli dezinfeksiyaning ikkita turi: joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farq 
qilinadi. Infeksiya o’chog’ida infeksiya manbai mavjud bo’lgan vaqt mobaynida va 
binobarin, ko’p marta o’tkaziladigan dezinfeksiya joriy dezinfeksiya deyiladi. Joriy 
dezinfeksiyani tibbiyot xodimlari yoki bemorga qarovchilar va uning oila a’zolari 
o’tkazishlari  mumkin.  Bemorni  shifoxonaga  yotqizilgandan  keyin,  infeksiya 
o’chog’idagi  hamma  narsalarni  qunt  bilan  o’z  vaqtida  zararsizlantirish,  ya’ni 
yuqumli  kasalliklarni  qo’zg’atuvchi  mikroblarni  boshlang’ich  paytidayoq 
yo’qotish  bu  yakunlovchi  dezinfeksiya  deyiladi.  Yakuniy  dezinfeksiya,  maxsus 
dezinfeksiya stansiyalari xodimlari yordamida o’tkaziladi. 
Profilaktik  dezinfekiiya  aniqlangan  infeksiya  manbai  bo’lmaganda 
o’tkaziladi.  Profilaktik  dezinfeksiya  yordamida  yuqumli  kasalliklarning  tarqalish 
ehtimolining oldini oladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin