O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vodorod peroksidi (pergidrol)



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Vodorod peroksidi (pergidrol) - rangsiz, hidsiz, 30-33% suvli eritma, undan 
3%,  6%  li  eritmalar  tayyorlanadi.  Bunday  eritmalar  odamlar  va  hayvonlar  uchun 
zararsizdir.  Vodorod  peroksidi  uy  sharoitida  yopiq  idishda  1  oy  mobaynida 
saqlansa, pergidrolni 0,5  - 0,7% ga yo’qotadi. Uning 1-3% li eritmasi bakteritsid, 
3-6% li eritmasi esa sporotsid ta’sirga ega. Vodorod peroksidi ko’pincha yuvuvchi 


 
76 
vositalar  ("Sulfanol",  "Profess",  "Lotos",  "Astra",  "Ayna")  tarkibida  qo’llaniladi. 
Vodorod  peroksidini  1-6%  li  yuvuvchi  vosita  "Sulfanol",  "Progress"  eritmasi  - 
tiniq,  sariqroq  ishlov  beriladigan  predmetlarni  buzmaydigan,  metallarni 
zanglantirmaydigai eritmadir. Vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan birga 
qo’llanishi  uning  dezinfeksiyalash  ta’sirini  kuchaytiradi.  Vodorod  peroksidi  va 
yuvuvchi vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi: 
a)  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi  va  bo’limlarda  joriy  va  yakunlovchi 
dezinfeksiya qilish uchun
b)  tug’ruqxonalar  profilaktik  zararsizlantirish  maqsadida  yopilganda  (yiliga 
kamida ikki marta) ularni yangidan ochish uchun dezinfeksiya qilish; 
v)  bolalar  muassasalarida  profilaktik  va  yakunlovchi  dezinfeksiya  qilish 
uchun; 
g)  tibbiyot  mahsulotlarini  ishlab  chiqaradigan  zavodlarda  dezinfeksiya  va 
sterilizatsiya qilish uchun. 
Yuqorida ko’rsatilgan hollarda vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan 
aralashmasi quyidagi ob’ektlarni dezinseksiya qilishda qo’llaniladi. 
a) xonalar yuza sathini yuvish va zararsizlantirish (pol, devor, shift) uchun; 
b)  kiyim-kechaklarni  va  choyshablarni  ivitib  qo’yish  va  yuvish  yo’li  bilan 
zararsizlantirish; 
v) idish-tovoqlarni zararsizlantirish uchun. 
Tarkibida  0,5%  li  N
2
O
2
  va  0,5%  li  sintetik  yuvish  vositasi  "Lotos"  saqlagan 
aralashmalar  asboblarni  sterilizatsiya  qilishdan  oldin  yuvish  uchun  qo’llaniladi. 
Polimer  material, rezina, oyna, zanglamaydigan metallarni kimyoviy dezinfeksiya 
qilishda 6% li vodorod peroksid qo’llaniladi. 
Dezakson-1 - o’ziga xos uksus hidli, rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 8 - 5% 
li naduksus  kislotasi tutadi, suvda, spirtda  va  boshqa  erituvchilarda  yaxshi eriydi. 
Dezakson  eritma  holida  aktivligini  tez  yo’qotish  sababli  suvli  eritmasi 
tayyorlanishi  bilanoq  ishlatiladi.  Bakteritsid,  virusotsid  va  sporotsid  xossaga  ega. 
Profilaktik  va  o’choqli  dezinfeksiya  uchun  hamda  plastmassali,  zanglamaydigan 
metallarni  sterilizatsiya  qilish  uchun  tavsiya  etiladi.  Shisha  va  polietilen  idishda 
30° dan yuqori bo’lmagan haroratda 6 oygacha saqlanadi. 
Gibitan  -  rangsiz  20  %  suvli  eritma,  suv  bilan  yaxshi  aralashadi,  qisman 
zaharli, uzoq saqlanadi. Davolash muassasalarida bakteriyalar chaqirgan infeksiya 
hollarida  joriy  va  yakunlovchi  dezinfeksiya  uchun,  0,01  dan  0,5  gacha  bo’lgan 
eritmalari jarrohlik asboblari, jarroh qo’llarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin