Loyiha strategiyasi (projectstrategy) - loyihaning maqsad va vazifalariga
erishish jarayonlari, harakatlar va natijalarini belgilaydigan uzoq muddatli hujjat.
Ishlarni taqsimlash tuzilmasi (work breakdowns tructure – WBS) - loyihaning
bir-biriga bogʻliq boʻlgan turli darajadagi detallari boʻyicha grafik ifodasidir.
Loyihaning tuzilishi (projectstructure) - loyihani boshqarish jarayonini
samarali amalga oshirish uchun zarur va etarli boʻlgan asosiy qismlari (elementlari)
hisoblanadi.
Xavfsizlikni boshqarish ((projectsafety management) - loyihani boshqarish
funksiyasi boʻlib, u orqali loyihani amalga oshirish va korxona faoliyati, xodimlarning
salomatligi va atrof-muhit muhofazasi ta’minlanadi.
Kafolat majburiyatlarining bajarilishini boshqarish (warranty management) -
ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni aniqlashda tovarlarni ta’mirlash va almashtirish
uchun mijozning (iste’molchi) talablarini ta’minlash uchun loyihalarni boshqarish
funksiyasi.