Loyihada moddiy resurslarni boshqarish (projectresource management) -
loyiha uchun kerakli materiallarni (joriy yoki aylanma aktivlarini) va uskunalarni
(uzoq muddatli aktivlarni) sotib olish va yetkazib berishni ta’minlaydigan loyihalarni
boshqarish funksiyasidir.
Loyihaning mavzu maydonini boshqarish (projectscope management) -
loyihani boshqarish vazifasi boʻlib, u sohaning oʻziga xos xususiyatlari, bozori,
iste’molchilarning afzalliklari, mamlakatning moliya-kredit tizimi va boshqa omillar
tufayli loyihani amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini
beradi.