Loyiha tarkibi (Scope): mahsulotni olish uchun bajarilishi kerak boʻlgan
ishning tavsifi.
Sprint (Sprint): Scrum-da iteratsiya (ishlaydigan sikl) - bu bir haftadan bir
oygacha davom etadigan, mijoz uchun qimmatli boʻlgan mahsulotning yoki uning
elementining ishchi versiyasini yaratish jarayonidir.
"Klassik" yoki "an’anaviy" loyiha boshqaruvi: vazifani ketma-ketlikda
bosqichma-bosqich, oqimga oʻxshash tarzda oʻtkaziladigan "sharshara" (Waterfall)
yoki kaskadli sikl deb ataladigan loyiha boshqaruvining eng keng tarqalgan usuli.
Loyihaning paydo boʻlishi va uni tugatish paytidagi vaqt oraligʻi loyiha aylanishi deb ataladi (ular "loyihaning hayot aylanish jarayoni" deb ham nomlanadi).