protonlar soniga, ya’ni yadro zaryadiga teng bo’lishini ilgari aytib o’tgan edik.
Elektronlarning yadro atrofida aylanishini belgilaydigan kattalik ularning
energiyasidir. Elektron yadroga qanchalik yaqin bo’lsa, uning energiya zapasi
44
shuncha kam, uzoq bo’lsa energiya zapasi ko’p bo’ladi. Shunga muvofiq ular
yadroga kuchli va kuchsiz tortilib turadi.
Atom tuzilishning. planetar modeliga muvofiq Yer, Venera, Mars kabi
planetalar quyosh atrofida aylangani singari elektronlar ham yadro atrofida maxsus
orbitalarda aylanadi. Elektronlar harakatlanadigan orbitalar elektron qavatlar yoki
energetik pog`onalar deb ataladi.
Atomda energetik pog`onalar soni elementning qaysi davrda joylashganligiga
qarab aniqlanadi. Birinchi davr elementlarida elektron pog`ona bitta, ikkinchi davr
elementlarida ikkita, uchinchi davr elementlarida uchta va hokazo.
Energetik pog`onalar oddiy kichik sonlar yoki lotin alifbosining bosh harflari
bilan ifodalanadi:
Energetik pog`onalar butun
sonlarda
1
2
3
4
5
6
7
va harflarda
K
L
M
N
O
P
Q
Har bir energetik pog`onada bo’lishi mumkin bo’lgan elektronlarning eng
ko’p miqdori
N=2
n
2
formula bo’yicha hisoblanadi. Bunda n - davrning tartib
raqami, u bosh kvant soni deb ham ataladi. Masalan,
n=1 bo’lganda birinchi
energetik pog`onadagi elektronlar soni N=2·1
2
=2 ga teng bo’ladi. n=2 bo’lganda
N=2·2
2
=8, n=3 bo’lganda N=2·3
2
=18, n=4 bo’lganda esa N=2·4
2
=32 bo’ladi.
Birinchi elektron pog`onadagi 2 ta elektron bir xil energiya zapasiga ega
bo’ladi. Ikkinchi va undan keyingi energetik pog`onalardagi elektronlar bir-biridan
energiya zapasi jihatdan ma’lum darajada farq qilganligi uchun har bir pog`onada
pog`onachalarni hosil qilib joylashadi.
Pog`onachalar lotin alifbosining kichik harflari bilan belgilanadi. Energetik
pog`onachalarning soni bosh kvant soni qiymatiga bog`liq: n=1 bo’lganda, s(es)
pog`onacha, n=2 bo’lganda s va p (pe) pog`onachalar, n=3 bo’lganda s, p, d (de)
pog`onachalar, n=4 bo’lganda esa s, p, d, va f (ef) pog`onachalar bo’ladi. Har bir
pog`onachaning elektron sig`imi (bo’lishi mumkin bo’lgan elektronlarning eng
ko’p miqdori) quyidagicha bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: