www.sharqjurnali.uz
10
moslashish va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish orqali “avtomatik
stabilizator” funksiyasini bajaradi.
Tashqi omillarning ta’siri kuchaygan sharoitda ayirboshlash kursini
barqarorlashtirish boʻyicha pul-kredit siyosati imkoniyatlarining cheklanganligini
inobatga olgan holda Markaziy bankning asosiy e’tibori valyuta kursi
oʻzgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga, ya’ni ichki narxlar oshishining
oldini olishga qaratiladi.
Xususan, devalvatsiya jarayonlari yuzaga kelganda Markaziy bankning foiz
siyosati monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytirish, soʻmning xarid
qobiliyatini saqlab qolish va milliy valyutadagi moliyaviy aktivlarning (aholi va
xoʻjalik
yurituvchi
sub’yektlarning
jamgʻarmalari) qadrsizlanishiga
yoʻl
qoʻymaslikka qaratiladi.
Valyuta kursining erkinlashtirilishi oqibatida tijorat banklari kredit portfelining
xorijiy valyutadagi qismi boʻyicha vujudga kelishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar va
ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan
ishlarning Markaziy bank tomonidan tahlil etilishi natijasida Markaziy bank tijorat
banklari boshqaruvlariga:
- Xorijiy valyutada kredit olgan har bir mijoz bilan birgalikda ushbu kreditlarni
qaytarish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish;
- Oʻrganish natijasida mijozning pul oqimi amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha
oʻz majburiyatini amalga oshirishga yetmagan taqdirda, mijoz bilan birgalikda,
oylik toʻlovni 2017 yilning sentyabr oyiga qadar amalga oshirilgan toʻlov
miqdoridan kamaytirmagan holda, asosiy qarzni qaytarish miqdorini keyingi
muddatlarga oʻtkazish orqali kamaytirish yoki kreditni qaytarish muddatini
uzaytirish yuzasidan kredit shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish
masalasini koʻrib chiqishni tavsiya qildi.
Xulosa qilib aytganda, pul oʻtkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy
valyuta tushumi manbaiga aylanmoqda. Pul oʻtkazmalari orqali kirib kelgan xorijiy
valyutalar inflyatsiyani devalvatsiyaga nisbatan oshishiga olib keladi va mamlakat
eksportiga salbiy ta'sir etadi. Ammo valyuta munosabatlari qattiq tartibga
solinayotgan mamlakatlarda xorijiy valyutaga boʻlgan talab juda yuqori boʻlishi
mumkin. Natijada pul oʻtkazmalari real valyuta kursiga ta’siri sezilarsiz boʻladi va
bunday holatlarda pul oʻtkazmalarini yanada rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni
oʻtkazishda ijobiy ta’sirga ega boʻladi. Oʻzbekistonda pul oʻtkazmalari hajmi yildan
yilga oshib borayotganligi muvozanatli valyuta kursining yuqoriga qarab siljishiga
sezilarli ta’sir etmoqda.
Valyuta bozorini liberallashtirish orqali eksportchi korxonalar faoliyatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Xususan, valyuta bozorining liberallashtirilishi
va almashuv kursini shakllantirishda bozor mexanizmlarining joriy etilishi milliy
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
www.sharqjurnali.uz
11
eksportchi korxonalar xo‘jalik faoliyatini ragʻbatlantirib, mahalliy mahsulot
va xizmatlarning narx raqobatbardoshligi darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu
esa o‘z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantiradi, ishlab
chiqarishda aholi bandligi ta’minlanadi va aholi turmush darajasini yaxshilashga
yordam beradi.