Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 337,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix02.01.2022
ölçüsü337,59 Kb.
#46713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MDH davlatlarida yashash standarti va unga valyuta kursining ta'siri

www.sharqjurnali.uz 

                                                                                                                                

7

 

tezkor xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Aholiga valyuta 



ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun bank infrastrukturasini 

kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda. 

2.  Jismoniy  shaxslarning  konversion  kartalaridan  chet  elda  foydalanish 

boʻyicha barcha cheklovlar bekor qilindi, xususan: 

-  bankomatlar  orqali  cheklanmagan  miqdorda  naqd  chet  el  valyutasini 

yechish  imkoniyati  yaratilib,  barcha  mavjud  kunlik  va  oylik  cheklovlar 

bekor qilindi; 

-  konversion  kartalardan  foydalanishda  mamlakat  va  turli  xil  maqsadlar 

boʻyicha  oʻrnatilgan  cheklovlar  bekor  qilindi.  Endilikda  ushbu  kartalarʻ 

orqali dunyoning barcha mamlakatlarida istalgan doʻkon, mehmonxona va 

toʻlov  qabul  qilish  imkoni  mavjud  boʻlgan  nuqtalarda  toʻlovlarni  amalga 

oshirish mumkin; 

-  konversion  kartalardagi  mablagʻlardan  Oʻzbekistondagi  banklar  orqali 

tegishli  hujjatlar (invoys) taqdim etgan holda davolanish, oʻqish va boshqa 

maqsadlar uchun foydalanish mumkin. 

3.  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  chet  el  valyutasini  sotib  olish  imkoniyati 

berildi.  Natijada  iste’mol  tovarlari  importi  bilan  shugʻullanuvchi  yakka  tartibdagi 

tadbirkorlarga  chet  el  valyutasini  jismoniy  shaxslar  uchun  oʻrnatilgan  tartibda, 

banklardagi  hisobvaraqlar  orqali  sotib  olishga  ruxsat  berildi  (xarid  qilingan  chet  el 

valyutasi  bank  hisobvaragʻiga  oʻtkaziladi  va  mijozga  xalqaro  toʻlov  kartasi  taqdim 

etiladi). 

Shu  munosabat  bilan,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  chet  el  valyutasini 

cheklanmagan  miqdorda  xarid  qilib,  ushbu  mablagʻlarni  oʻz  xohishiga  koʻra,  joriy 

xalqaro  operatsiyalar  (tovar  va  xizmatlar  importi)  toʻlovlari  uchun  yoʻnaltirishlari 

mumkin.  Bunda  chet  el  valyutasini  xarid  qilishda  savdo  tushumi  va  bankka  kirim 

qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin. 

Yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  xarid  qilingan  chet  el  valyutasini  cheklovlarsiz 

foydalanishlari mumkin: 

-  mamlakat  hududidan  tashqarida  -  xalqaro  toʻlov  kartalari  orqali,  shu 

jumladan bankomat orqali naqd chet el valyutasini yechib olish yoʻli bilan; 

-  mamlakat  hududida  -  tasdiqlovchi  hujjatlar  (invoys  yoki  toʻlov  uchun 

hisob, import shartnomasi va b.) asosida bank oʻtkazmasi yoʻli bilan. 

4.  Doimiy  ravishda  aholining  chet  el  valyutasiga  boʻlgan  talabini  qondirish 

uchun yangi bank instrumentlari joriy qilinmoqda. Xususan, aholiga qulaylik yaratish 

maqsadida: 

Konversion  kartalar  orqali  mehmonxona,  aviachiptalar,  onlayn-doʻkonlardagi 

xaridlar va boshqa maqsadlar uchun internet-toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. 



“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил 


Yüklə 337,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin