www.sharqjurnali.uz
2
- “Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga toʻgʻri kelishi” (“GDP per
capita”) usuli;
- 1990-yilda AQSH tomonidan ishlab chiqilgan “Inson taraqqiyoti
indeksi” (“Human Development Index”) usuli. U tugʻilishda umr koʻrish
davomiyligi, ta’lim sifati va daromad koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi;
- Buyuk Britaniyaning Leysester universituti psixologlari tomonidan
ishlab chiqilgan “Hayot indeksidan qoniqish” (“Satisfaction With Life
Index”) usuli. Bu usul odamlardan toʻgʻridan toʻgʻri ular oʻzlarining
sogʻligi, boyligi va ta’limidan qay darajada mamnun ekanliklari haqida
so’rashni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari oʻrtacha umr koʻrish, sogʻlikni saqlash, aholi savodxonligi,
ijtimoiy himoya, inson erkinligi kabi koʻrsatkichlaridan ham foydalaniladi. Hozirgi
kun iqtisodiyotida eng koʻp qoʻllaniladigan oʻlchov bu aholi jon boshiga toʻgʻri
keluvchi yalpi ichki mahsulot (YaIM) ni hisoblashdir. Bu murakkablashmagan
lekin, fundamental ma’lumot jihatidan tushunish va hisoblash oson boʻlgan usul
sanaladi. Bu usulda xalqaro taqqoslashlarni amalga oshirishda aholi jon boshiga
toʻgʻri keluvchi YaIM koʻrsatkichlarini umumiy valyutaga keltirish orqali
hisoblash muhim hisoblanadi, masalan, AQSH dollarida hisoblash qabul qilingan.
Chunki turli valyutalarda hisoblangan taqqoslashlar tafovutlarni yaqqol koʻrishda
qiyinchilik tugʻdiradi.
Aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi mahsulot qiymatini bir umumiy pul birligiga
keltirish zarur, aks holda, buning ortidagi ma’lumot valyuta kursi tufayli buzib
koʻrsatilishi mumkin. Mukammal boʻlmagan valyuta bozorlari ba’zi pul birliklari
qiymatini haddan tashqari koʻp baholaydi, boshqalarini esa aksincha boʻlishi
mumkin. Ba’zi mamlakatlarda YaIM past, lekin yashash arzonroq boʻlishi mumkin.
Ming dollar kambagʻal mamlakatlarda boy mamlakatlarga nisbatan koʻproq mahsulot
va xizmatlarni sotib olish bilan birga kambagʻal mamlakatning pul birligini joriy
valyuta kursida past baholanadi. Shu sababli, agar dollar boshqa mamlakatning pul
birligiga xarid qobiliyati pariteti
1
(XQP) asosida valyuta kursi orqali hisoblansa,
YaIM ancha aniqroq boʻladi.
1
Xarid qobiliyati pariteti – ikki (yoki bir nechta) valyuta valyuta oʻrtasida muayyan tovarlar va xizmatlar toʻplamini
xarid etish quvvatlari nisbatini boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan bir mamlakat pul birligining xarid
quvvati nimaga teng ekanligini koʻrsatadi.
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |