SON ChURRALARI
Son churralari hama churralarning 5-8 % ini tashkil qiladi. Son churralarining diagnostikasi
ancha qiyin va ko‟p holatlarda qisilgan bo‟ladi hamda ancha og'ir o‟tadi. Son churralari erkaklarga
nisbatan ayollarda ko‟proq uchraydi (4:1).
Chov kanali anatomiyasi. Chov bog‟lami va chanoq suyaklari orasidagi bo‟shliq bo‟lib,
yonbosh – toj bog‟lami (lig.iliopectineum) ikki lakunaga ajratadi: mushak (lacuna musculorum) va
tomirlar (lacuna vasorum). Mushak lakunasi tashqi tomonda bo‟lib, yonbosh – bel mushagi
(m.iliopsoas) va son asabi (n.femoralis) o‟tadi. mushak va nerv uchun umumiy kinni yonbosh
fassiyasi hosil qiladi hamda chov bog‟lami va chanoq suyaklari pardasi bilan mahkam yopishadi.
Ana shuning uchun qorin bo‟shlig‟idan sonni ajratadigan mahkam to`siq bo‟lganligi uchun bu
lakunada churra kam uchraydi.
Tomir lakunasi ichkarida joylashib, oldingi tomondan chov bog‟lami, orqadan Kuper bog‟lami
va boshqa bog‟lamlar bilan chegaralangan. Bu lakuna orqali son arteriyasi, son venasi, asab
(n.genitofemoralis, n.lumboinguinalis) va limfa yullari o‟tadi. Ana shu lakunada son churrasi hosil
bo‟ladi. Asosan churra chiqadigan qismi son halqasi (anulus femoralis) bo‟lib hisoblanadi. Halqa
lakunadan medial tomonda joylashib, medial tomondan – lakunar bog‟lam bilan, oldindan – chov
bog‟lami, orqadan – Ko‟per bog‟lami, lateral tomondan – son venasi qini bilan chegaralangan.
Uning kattaligi ayollarda – 1,8 sm, erkaklarda – 1,2 sm.
Dostları ilə paylaş: |