41. Erkin siljiy oladigan porshenli tik turgan silindrik idishdagi bir
atomli gazga 750 J issiqlik miqdori uzatilsa, gazning ichki
energiyasi qancha ortadi (J)?
A)500 B)450 C)300 D)250
42. Erkin siljiydigan porshenli silindrik idishda bir atomli gaz bor.
Gazga Q issiqlik miqdori berilishi natijasida porshen surilib, 48 J
ish bajarildi. Gazga berilgan issiqlik miqdorini aniqlang (J).
A)60 B)90 C)100 D)120
43. Erkin siljiydigan porshenli silindrik idishda bir atomli gaz bor.
Gazga Q issiqlik miqdori berilishi natijasida uning ichki energiyasi
72 J ga oshdi. Gazga berilgan issiqlik miqdorini toping (J).
A)60 B)100 C)120 D)200
44. Bir atomli ideal gazni izobarik isitishda unga berilgan Q issiqlik
miqdorining qanday qismi gazning ichki energiyasini oshirishga
sarflanadi?
A)0,2Q B)0,3Q C)0,4Q D)0,6Q