- 63 - - 63 - 16. Issiqlik mashina isitkichining temperaturasi 500 K,
sovutkichiniki 250 K bo‘lsa va u bir siklda isitkichdan 6000 J
issiqlik olsa, bir siklda bajarilgan ishni toping (J).
A)1200 B)1500 C)300 D)3000
17. Ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti 87,5 %
bo‘lishi uchun isitkichning temperaturasi sovutkichning
temperaturasidan necha marta katta bo‘lishi kerak bo‘ladi?
A)8 B)3 C)5 D)2
18. FIK 40 % bo‘lgan ideal issiqlik mashinasi qizdirgichdan 10 kJ
issiqlik oladi. Sovutkichga berilayotgan issiqlik miqdori qanchaga
teng (kJ)?
A)7 B)6 C)3 D)3,5
19. Issiqlik mashinasi isitkichning temperaturasi 127 °C,
sovutkichniki 27 °C. Isitkichning absolyut temperaturasi 2 marta
orttirilsa, bu mashinaning FIK necha foizga ortadi?
A)25 B)30,75 C)35 D)37,5
20. Ideal issiqlik mashinasining ishchi jismi bo‘lgan gaz ichki
energiyasining bir sikl davomidagi o‘zgarishini toping. Sikl
davomida gaz isitkichdan Q
1
issiqlik miqdori oladi, sovutkichga Q
2
issiqlik miqdori beradi va A ish bajaradi.
A)Q
1
–Q
2
+A B)Q
1
–Q
2
C)0 D)Q
1
+Q
2
–A
21. Ideal issiqlik mashinasidagi gaz isitkichdan olgan issiqligining
60 % ini sovutkichga beradi. Isitkichning harorati 227 ºC bo‘lsa,
sovutkichning harorati qanday (ºC)?
A)68 B)77 C)27 D)–123
22. Sovitkichining harorati 27 ºC bo‘lsa, issiqlik mashinasining FIK
50 % bo‘lishi uchun uning isitkichining harorati kamida qanday
bo‘lishi kerak (ºC)?
A)327 B)477 C)730 D)1023
23. FIK 50 % bo‘lishi uchun isitkichining harorati 527 ºC bo‘lgan
issiqlik mashinasi sovutkichining harorati qancha bo‘ladi (K)?
A)263,5 B)351 C)127 D)400
24. Issiqlik mashinasi bir sikl davomida 6,7·10
4
J ish bajardi.
Isitkich temperaturasi 100 ºC, sovutkich temperaturasi 0 ºC bo‘lsa,
mashinaning isitkichdan olgan issiqlik miqdorini aniqlang (kJ).
A)210 B)150 C)250 D)170
25. Issiqlik mashinasidan isitkichning temperaturasi 237 ºC,
sovugkichniki 67 ºC. Bir siklda isitkichdan 1800 J issiqlik miqdori
olinsa, mashina bir siklda bajara oladigan ishni aniqlang (J).
A)1290 B)900 C)600 D)450
26. Karno siklida ishlaydigan ideal mashinada isitkich va sovutkich
temperaturalarining nisbati 5 ga teng. Bir siklda sovutkichga 180 kJ
issiqlik berilgan bo‘lsa, isitkichdan olingan issiqlik miqdorini
aniqlang (kJ).
A)7,2 B)7 C)72 D)900
27. FIK 40 % bo‘lgan issiqlik mashinasi bir siklda sovutkichga 63
kJ issiqlik beradi. Mashina bir siklda qancha ish bajaradi (kJ)?
A)28 B)21 C)42 D)56
28. Ideal issiqlik dvigateli isitkichining harorati 327 °C bo‘lib
sovutkichning harorati 127 °C ga teng. Shu ideal mashinaning FIK
ni 2 marta oshirish uchun isitgichning haroratini necha gradusga
oshirish kerak bo‘ladi?
A)527 B)654 C)327 D)600
29. Ideal issiqlik dvigatelida sovutkichning temperaturasi 62 °C,
issiqlik dvigatelining FIK 50 % bo‘lsa, isitkich bilan sovutkich
temperaturalari orasidagi farqni aniqlang (K).
A)62 B)165 C)335 D)500
30. Ideal issiqlik mashinasi isitkichining absolyut temperaturasi
sovutkichnikidan 3 marta yuqori. Isitkich gazga 30 kJ issiqlik
berganda, u qancha ish bajaradi (kJ)?
A)30 B)25 C)10 D)20
31. Isitkichining temperaturasi T
1
, sovutkichining temperaturasi T
2
bo‘lgan issiqlik mashinasi berilgan. T
1
ni ∆T ga orttirib, T
2
ni
o‘zgartirmagan va T
2
ni ∆T ga kamaytirib, T
1
ni o‘zgartirmagan
hollardagi FIK larning nisbatini toping.
A) T
T
T
1
1
D
+
B)
1
1
T
T
T
D
+
C)
1
1
T
T
T
D
-
D)
1
2
1
T
T
T
-
32. Mashina vali daqiqasiga 3000 marta aylanadi. Bunda unga
birlashtirilgan 4 taktli dvigatelning har bir silindrida yonuvchi
aralashma 1 sekundda necha marta chaqnaydi?
A)50 B)40 C)30 D)25
33. Ideal mashina isitkichining harorati 427 ºC bo‘lib, sovutkich
harorati 127 ºC ga teng. Issiqlik mashinasi bir siklda 600 J issiqlik
olib sovutkichga 400 J issiqlik beradi. Real mashinaning FIK ideal
mashinaning FIK ning qancha qismini tashkil etishini toping.
A)1/2 B)6/7 C)7/9 D)7/8
34. Ideal issiqlik dvigatelida isitkich bilan sovutkichning
temperaturalari farqi 115 ºC issiqlik dvigatelining FIK 25 % bo‘lsa,
sovutkichning temperaturasini toping (ºC).
A)27 B)52 C)72 D)125