51. Issiqlik dvigatellari va ularning foydali ish koeffitsientini hisoblash
1. Ideal issiqlik mashinasining FIK ni kim hisoblagan?
A)Boltsman B)Selsiy C)Kelvin D)Karno
2. Bir siklda issiqlik mashinasi 21 kJ ish bajarib, sovutkichga 29 kJ
issiqlik mikdorini beradi. Mashinaning foydali ish koeffitsientini
aniqlang (%).
A)30 B)40 C)42 D)52
3. Ideal issiqlik dvigateli isitkichdan 0,8 MJ issiqlik miqdori qabul
qilib, sovutkichga 0,3 MJ issiqlik miqdorini beradi. Bu issiqlik
dvigatelining maksimal FIK ni hisoblang (%).
A)50 B)62,5 C)83,5 D)30
4. FIK η bo‘lgan issiqlik mashinasi isitkichdan Q issiqlik miqdori
olganda, qanday ish bajaradi?
A)(1–η)Q B)(1+η)Q C)ηQ D)Q/η
5. Isitkichning harorati 477 ºC, sovutkichniki 27 ºC bo‘lgan issiqlik
mashinasining maksimal FIK ni hisoblang (%).
A)20 B)30 C)40 D)60
6. Bug‘ turbinasidan bug‘ 500 ºC harorat bilan kirib, undan 30 ºC
harorat bilan chiqib ketadi. Bug‘ turbinasini ideal issiqlik mashinasi
deb hisoblab, uning FIK ni aniqlang (%).
A)60 B)94 C)30 D)77
7. Isitkichining temperaturasi 127 ºC, sovutkichining temperaturasi
7 ºC bo‘lgan ideal issiqlik mashinasi bir siklda isitkichdan 1300 J
issiqlik olsa, bajarilgan foydali ishni hisoblang (J).
A)400 B)360 C)600 D)390
8. FIK 40 % bo‘lgan issiqlik mashinasi bir siklda 34 kJ ish bajaradi.
Mashina bir siklda sovutkichga qancha issiqlik miqdori berishini
aniqlang (kJ).
A)28 B)42 C)51 D)63
9. Issiqlik mashinasining FIK 25 %, isitkichdan olgan issiqlik
miqdori 400 J bo‘lsa, foydali ishi qancha bo‘ladi (J)?
A)200 B)100 C)300 D)400
10. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining uchdan
ikki qismini sovutkichga bersa, dvigatelning FIK ni toping (%).
A)33 B)54 C)67 D)60
11. Sovutkichning absolyut harorati isitgichning to‘rtdan biriga
teng. Ideal issiqlik mashinasining FIK ni toping (%).
A)25 B)30 C)75 D)54
12. Ideal issiqlik mashinasida isitgichning absolyut harorati
sovutgichning absolyut haroratidan 2 marta katta bo‘lsa, bunday
mashinaning foydali ish koeffisienti qancha (%)?
A)30 B)40 C)50 D)67
13. Ideal issiqlik dvigatelining FIK 62,5 % bo‘lishi uchun uning
isitkichining harorati qanday bo‘lishi kerak (K)? Sovutkichning
harorati 300 K ga teng.
A)600 B)700 C)750 D)800
14. Karno siklida ishlayotgan bug‘ turbinasiga temperaturasi 480 °C
bo‘lgan bug‘ kirib, undan 30 °C temperaturada chiqsa, trubinaning
FIK ni aniqlang (%).
A)60 B)70 C)30 D)40
15. Ideal issiqlik mashinasi bir siklda 500 K haroratdagi isitkichdan
2500 J issiqlik miqdori olsa, 300 K haroratdagi sovutkichga qancha
issiqlik miqdori beradi (J)?
A)500 B)1000 C)1200 D)1500