- 77 - - 77 - 28. Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi ta’sir kuchi, zaryadlardan har
birining miqdori va ular orasidagi masofa 16 martadan oshganida,
qanday o‘zgarishini javoblardan tanlang.
A)o‘zgarmaydi B)4 marta oshadi
C)4 marta kamayadi D)16 marta oshadi
29. O‘zaro ta’sirlashayotgan ikkita bir xil nuqtaviy zaryad orasidagi
masofaning o‘rtasiga q/2 zaryad kiritilsa, o‘zaro ta’sir kuchi necha
marta ortadi?
A)2 B)3 C)4 D)1,5
30. O‘zaro ta’sirlashayotgan ikkita bir xil nuqtaviy zaryad orasidagi
masofaning o‘rtasiga xuddi shunday uchinchi zaryad kiritilsa,
o‘zaro ta’sir kuchi necha marta ortadi?
A)2 B)5 C)16 D)8
31. Havoda tomonlari 20 cm dan bo‘lgan teng tomonli
uchburchakning uchlariga 2·10
–6
C zaryadlar joylashtirilgan.
Zaryadlarning biriga boshqa ikkita zaryadning ta’sir kuchini toping
(N).
A)2,95 B)3,12 C)2,7 D)1,56
32. Birining zaryadi ikkinchisinikidan 5 marta katta bo‘lgan musbat
zaryadlangan ikkita bir xil metall sharchalar ma’lum masofada
o‘zaro ta’sirlashmoqda. Sharchalar bir – biriga tekkizilib, yana
avvalgi masofaga surib qo‘yilsa, o‘zaro ta’sir kuchi qanday
o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)1,25 marta oshadi
C)1,8 marta kamayadi D)1,8 marta oshadi
33. Ebonit tayoqchaning zaryadi 256 nC ga teng bo‘lsa, elektrlash
jarayonida unga nechta elektron o‘tgan?
A)10
11
B)2·10
11
C)4·10
11
D)16·10
11
34. NaCl kristallidagi ikkita qo‘shni ion orasidagi o‘rtacha masofa
3·10
–8
cm bo‘lsa, ular qanday kuch bilan ta’sirlashadi (nN)?
A)1 B)1,28 C)5,5 D)2,56
35. Ikkita nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 2 marta oshirilsa,
ularning o‘zaro ta’sir kuchi o‘zgaradimi?
A)2 marta ortadi B)4 marta kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)2 marta kamayadi
36. O‘zaro ta’sirlashayotgan ikkita nuqtaviy zaryadlardan birining
moduli 4 marta orttirilsa, ularning o‘zaro ta’sir kuchi qanday
o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)2 marta kamayadi
C)2 marta ortadi D)4 marta ortadi