- 75 - - 75 - 26. Tovush to‘lqinining amplitudasi 7 marta ortsa, tebranish
chastotasi shuncha marta kamaysa, tovush to‘lqinining intensivligi
qanday o‘zgarishini aniqlang.
A)1,5 marta ortadi B)3 marta kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)12,25 marta kamayadi
27. Mexanik to‘lqinining tebranuvchi ikki nuqtasi orasidagi faza
farqi 2π ga teng. Shu nuqtalar orasidagi masofa 2 m bo‘lsa, to‘lqin
uzunligini toping (m).
A)1 B)2 C)4 D)4π
28. Mexanik to‘lqinning quyidagi parametrlaridan qaysilari
havodan suvga o‘tganda o‘zgarmaydi? 1)tezligi; 2)to‘lqin uzunligi;
3)chastotasi
A)1 B)2 C)1; 3 D)3
29. Kuzatuvchi sirena tovushini 5 s o‘tgach eshitdi. Sirenaning
chastotasi 2 kHz va to‘lqin uzunligi 15 cm bo‘lsa, u kuzatuvchidan
qanday masofada bo‘lgan (km)?
A)10 B)3 C)2 D)1,5
30. Qanday tovushlar ultratovushlar hisoblanadi?
A)chastotasi 20 kHz dan katta bo‘lgan
B)chastotasi 20 Hz dan kichik bo‘lgan
C)chastotasi 20 Hz dan 20 kHz gacha bo‘lgan
D)chastotasi 200 Hz dan kichik bo‘lgan
31. 3 Hz chastotali to‘lqin 2,4 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir –
biridan 20 cm masofada turgan ikki nuqtadagi tebranishlarning
fazalar farqi ko‘pi bilan necha radian bo‘ladi?
A)π/6 B)π/4 C)π/3 D)π/2
32. x o‘q bo‘ylab tarqaluvchi yassi to‘lqinning qarama – qarshi
fazada tebranuvchi ikki nuqtasi orasidagi eng kichik masofa 1 m
bo‘lsa, to‘lqin uzunligi necha metr bo‘ladi?
A)8π B)4 C)4π D)2
33. Tebranishlarning fazodagi tarqalish tezligi 2 m/s va chastotasi
10 Hz bo‘lsa, bir – biridan 20 cm orqada qoluvchi ikki nuqta
orasidagi faza farqi nimaga teng?
A)2π/3 B)2π C)π/6 D)π/3
34. Amplitudalari A ga teng bo‘lgan ikkita kogerent to‘lqinlar
orasidagi yo‘llar farqi toq yarim to‘lqin uzunligiga teng bo‘lganda,
ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy amplituda nimaga
teng bo‘ladi?
A)2A B)A C)0 D)A
2
35. Rezonans qutichaning ustiga maxkamlangan kamerton rezina
bolg‘a bilan urildi. Bu kamerton oldiga ikkita boshqa kamerton
ketma – ket keltirildi. Ikkinchi kamerton birinchi kamerton bilan
aynan bir xil. Uchinchi kamerton pastroq chastotaga ega. Ikkinchi
va uchinchi kamertonlarning qaysinisi kattaroq amplituda bilan
ovoz chiqaradi?
A)ikkinchi B)birortasi ham ovoz chiqarmaydi
C)uchinchi D)ikkala kamertonning amplitudasi bir xil
36. Amplitudalari A ga teng bo‘lgan ikkita kogerent to‘lqinlar
orasidagi yo‘llar farqi juft yarim to‘lqin uzunligiga teng bo‘lganda,
ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy amplituda nimaga
teng?
A)2A B)A C)0 D)A
2
37. Chastotasi 680 Hz bo‘lgan tovush to‘lqinining ikki nuqtasidan
manbagacha bo‘lgan masofalar farqi 25 cm bo‘lsa, tovushning
havodagi tezligini 340 m/s deb hisoblab, ikki nuqta
tebranishlarining fazalar farqini toping.
A)π/6 B)2π C)π/3 D)π
38. Ikkita kogerent tovush manbasi bir xil fazada tebranadi. Birinchi
manbadan 3 m va ikkinchi manbadan 4 m masofada joylashgan
nuqtada tovush eshitilmaydi. Tovush tezligini 340 m/s deb hisoblab,
tovush chastotasini toping (Hz).
A)(2n+1)170 B)340π C)(2n+1)340 D)680n
39. Amplitudalari bir xil, chastotalari mos holda 4 kHz va 4 MHz ga
teng bo‘lgan tovush va ultratovush to‘lqinlari energiyalarini
taqqoslang.
A)tovushning energiyasi 10
3
marta katta
B)ultratovushning energiyasi 10
3
marta katta
C)tovushning energiyasi 10
6
marta katta
D)ultratovushning energiyasi 10
6
marta katta
40. Tebranish amplitudalari bir xil, chastotalari 1 kHz va 1 MHz
bo‘lgan tovush va ultratovush to‘lqinlari energiya zichliklarini
taqqoslang.
A)w 2
=10
3
w 1
B)w 2
=10
6
w 1
C)w 2
=w 1
D)w 1
=10
3
w 2