1. Muhitdagi bo‘ylama to‘lqinda muhit zarrachalari qanday
yo‘nalishda tebranadilar?
A)hamma yo‘nalishlarda
B)faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida
C)to‘lqin tarqalishiga perpendikulyar yo‘nalishda
D)to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishda
2. Ko‘ndalang to‘lqinda muhit zarrachalari qanday yo‘nalishda
tebranadilar?
A)hamma yo‘nalishlarda
B)faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishlarida
C)to‘lqin tarqalishiga perpendikulyar yo‘nalishlarda
D)to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishlarda
3. Gazlarda qanday mexanik to‘lqinlar tarqaladi?
A)ko‘ndalang B)bo‘ylama
C)ko‘ndalang va bo‘ylama D)gazlarda to‘lqinlar tarqalmaydi
4. Ushbu keltirilgan to‘lqinlar orasidan qaysi birlari ko‘ndalang
to‘lqinlar turiga kiradi: 1)suv yuzidagi to‘lqinlar; 2)gazda tovush
to‘lqinlari; 3)yorug‘lik to‘lqinlari; 4)radioto‘lqinlar; 5)suyuqlikda
ultratovush to‘lqinlari
A)1; 3; 4 B)1; 2; 3 C)2; 3; 4 D)4; 5
5. Tovush to‘lqinining uzunligi 12 m, davri 0,02 s bo‘lsa, uning
tarqalish tezligi qanchaga teng (m/s)?
A)400 B)350 C)500 D)600
6. To‘lqin 165 Hz tebranish chastotasi bilan 330 m/s tezlikda
tarqalmoqda. To‘lqin uzunligi nimaga teng (m)?
A)0,5 B)2 C)4 D)5
7. 132 Hz chastotali to‘lqin 330 m/s tezlik bilan tarqalmoqda.
To‘lqin uzunligini toping (m).
A)4 B)2 C)3 D)2,5
8. Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqin muhit zarralari 140 marta
tebranguncha, 70 m masofani bosib o‘tsa, bu to‘lqinning uzunligi
qancha (m)?
A)2 B)1 C)0,5 D)20
9. O‘quvchi bola 1360 m uzoqlikdagi radiodan berilgan aniq vaqt
signalidan foydalanib soatini to‘g‘riladi. Bunda uning soati necha
soniya orqada bo‘ladi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s.
A)4 B)30 C)60 D)15
10. Samolyotning tovushini yerdagi kuzatuvchi tik yuqoridan
eshitgan paytda, samolyot gorizontga nisbatan 45° burchak ostida
ko‘rinsa, uning uchish tezligi nimaga teng bo‘ladi (m/s)? Tovush
tezligi 340 m/s.
A)340 B)479 C)241 D)170
11. Aks – sado 2,5 s o‘tgandan keyin eshitilsa, tovush qaytgan
to‘siqqacha bo‘lgan masofani toping (m). Tovush tezligi 340 m/s.
A)450 B)400 C)850 D)425
12. Exolotdan yuborilgan signal 1,6 soniyadan keyin qabul qilingan
bo‘lsa, dengizning chuqurligini aniqlang (km). Tovushning suvdagi
tezligi 1500 m/s.
A)1,2 B)1,6 C)2,4 D)2
13. Okean tubiga jo‘natilgan ultratovushni exolokator 2,8 s dan
so‘ng qabul qildi. Dengiz chuqurligi qancha (m)? Tovushning
suvdagi tezligi 1530 m/s.
A)107,1 B)2142 C)1071 D)214,2
14. Maxsus kemadagi exolotdan yuborilgan tovush signali 10 s da
qaytgan bo‘lsa, okeanning kema turgan joydagi chuqurligini toping
(m). Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
A)1500 B)4500 C)6000 D)7500
15. Kemadan yuborilgan tovush signali 2,5 s dan keyin qaytib
kelgan bo‘lsa, aysbergning kemadan uzoqligini aniqlang (m).
Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
A)2000 B)1950 C)1900 D)1875
16. Exolotdan yuborilgan ultratovush impulslari 2 s dan so‘ng
qaytgan bo‘lsa, dengiz chuqurligi nimaga teng (m)? Tovushning
suvda tarqalish tezligi 1480 m/s.
A)370 B)740 C)2960 D)1480
17. Tovush manbadan 1,7 km masofadagi to‘siqdan qaytgan aks –
sado, tovush chiqarilgach 10 s dan so‘ng eshitilgan bo‘lsa,
tovushning shu muhitda tarqalish tezligi qancha (m/s)?
A)150 B)70 C)75 D)340
18. Tovush to‘lqini havodan po‘latga o‘tganda, to‘lqin uzunligi
qanday o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s,
po‘latdagisi 5100 m/s.
A)15 marta oshadi B)15 marta kamayadi
C)2,25 marta oshadi D)o‘zgarmaydi
19. Tovush havodan suvga o‘tganda, uning to‘lqin uzunligi qanday
o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi 330 m/s. suvdagi tezligi
1485 m/s.
A)4,5 marta ortadi B)4,5 marta kamayadi
C)2,25 marta ortadi D)o‘zgarmaydi
20. Yog‘och po‘kak suv yuzida tarqalayotgan to‘lqin tufayli 5 s da
10 marta tebrandi. Agar to‘lqinning ikkita qo‘shni do‘ngligi
orasidagi masofa 1 m bo‘lsa, uning tarqalish tezligi qancha bo‘ladi
(m/s)?
A)2 B)2,5 C)3 D)4
21. Tovush havodan suvga o‘tganda quyidagi qaysi kattalik
o‘zgarmaydi?
A)tezlik B)to‘lqin uzunligi
C)chastota va to‘lqin uzunligi D)chastota
22. Tovush kattaligi (qattiqligi) uning qaysi parametriga bog‘liq?
A)tezlik B)to‘lqin uzunligi C)amplituda D)chastota
23. Tovush yuksakligi (balandligi) uning qaysi parametriga bog‘liq?
A)tezlik B)to‘lqin uzunligi C)amplituda D)chastota
24. Tovush to‘lqinining kattaligi nimaga bog‘liq?
A)tebranish amplitudasiga B)tebranish fazasiga
C)to‘lqin uzunligiga D)to‘lqin tezligiga
25. Tovush to‘lqini bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda, to‘lqin
uzunligi 4 marta oshdi. Tovush balandligi qanday o‘zgarishini
aniqlang.
A)o‘zgarmaydi B)4 marta oshadi
C)4 marta kamayadi D)2 marta oshadi