40. Tebranayotgan jism kinetik energiyasi…
A)muvozanat vaziyatidan o‘tishda eng katta qiymatga erishadi
B)muvozanat vaziyatidan o‘tishda eng kichik qiymatga erishadi
C)o‘zgarmay qoladi
D)eng katta siljish vaziyatida eng katta qiymatga erishadi
41. Prujinali mayatnikni muvozanat vaziyatidan chiqarib, qo‘yib
yuborildi. Qanday eng kam vaqtdan so‘ng mayatnikning kinetik
energiyasi potensial energiyasiga teng bo‘ladi? Tebranish davri T.
A)T/8 B)T/4 C)T/6 D)T/2
42. Garmonik tebranishning amplitudasi 4 marta ortib, chastotasi 4
marta kamaysa, uning to‘liq energiyasi o‘zgarishi qanday bo‘ladi?
A)o‘zgarmaydi B)4 marta ortadi
C)4 marta kamayadi D)2 marta ortadi