77. Ampermetr va voltmetrga qo‘shimcha qarshilik (shunt) ulash
1. Ampermetrning qarshiligi 99 Ω bo‘lib u 0,1 A gacha tokni
o‘lchashga mo‘ljallangan. Shu ampermetr bilan 10 A gacha tokni
o‘lchash uchun unga qanday shunt ulash kerak (Ω)?
A)1,1 B)10 C)1 D)0,1
2. Zanjirga ulangan ampermetrning ichki qarshiligi 0,24 Ω va
ampermetr shuntining qarshiligi 0,08 Ω. Ampermetr 4 A tokni
ko‘rsatsa, zanjirdagi tok kuchi qanchaga teng (A)?
A)4 B)12 C)8 D)16
3. Ichki qarshiligi 880 Ω bo‘lgan galvanometrning sezgirligini 11
marta kamaytirish uchun shuntning qarshiligi qancha bo‘lishi kerak
(Ω)?
A)88 B)1760 C)440 D)121
4. Ikkita bir xil shuntlardan biri ampermetrga ulansa, uning bo‘lim
qiymati 2 marta ortadi. Agar Ikkala shunt ampermetrga parallel
ulansa, uning bo‘lim qiymati necha marta ortadi?
A)2,5 B)1,5 C)4 D)3
5. Voltmetrning qarshiligi 300 Ω. Unga 1200 Ω qo‘shimcha
qarshilik ulansa, shkala bo‘lim qiymati necha marta o‘zgaradi?
A)5 B)4 C)3 D)6
6. Voltmetrning ichki qarshiligi 2 kΩ bo‘lib 10 V ni o‘lchashga
mo‘ljallangan. Ushbu voltmetrga qanday qarshilikdagi (kΩ)
qo‘shimcha qarshilik ulanganda, u bilan 110 V kuchlanishni
o‘lchash mumkin?
A)18 B)20 C)0,2 D)5
7. Rasmdagi shuntning R qarshiligi
ampermetrning qarshiligidan 7 marta kichik.
Agar ampermetr 100 mA tokni ko‘rsatayotgan
bo‘lsa, magistraldagi I tok kuchi necha mA bo‘ladi?
A)500 B)600 C)800 D)400