101. O‘zgaruvchan tokning ishi va quvvati. Elektr energiyasini hosil qilish. Tok generatori
1. Elektroplitka avval o‘zgaruvchan tok manbaiga, so‘ngra
o‘zgarmas tok manbaiga 8 daqida davomida ulanadi. Bunda
plitkaga ulangan voltmetrlarning ko‘rsatishlari bir xil bo‘lsa, qaysi
holda ko‘proq issiqlik ajralib chiqqan bo‘ladi?
A)o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda, 2 marta ko‘p issiqlik
ajralib chiqadi
B)o‘zgarmas tok manbaiga ulanganda, 2 marta ko‘p issiqlik ajralib
chiqadi
C)o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda, 4 marta ko‘p issiqlik
ajralib chiqadi
D)har ikkala holda ham bir xil
2. Tarmoqdagi kuchlanish quyidagi U=300sin100πt tenglama
bo‘yicha o‘zgaradi. Shu tarmoqqa ulangan, aktiv qarshiligi 90 Ω
bo‘lgan elektr plitkada 1 daqiqada qancha issiqlik miqdori ajralib
chiqadi (kJ).
A)30 B)45 C)60 D)90
3. Elektr qarshiligi 4 Ω bo‘lgan o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokning
o‘zgarish qonuni i=5cos100πt (A) ko‘rinishga ega. Shu