- 110 - - 110 - o‘tkazgichda bir sekundda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi
(J)?
A)2 B)5 C)10 D)50
4. O‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchi amplitudasi 5 A,
kuchlanish amplitudasi 200 V, quvvat koeffitsienti 0,8. Zanjirning
aktiv quvvatini hisoblang (W).
A)1000 B)800 C)400 D)570
5. Tok manbaining quvvatini o‘zgartirmay turib, kuchlanish
oshirilganda, uzatish sistemalaridagi quvvatni yo‘qotish 100 marta
kamaygan. Bunda kuchlanish necha marta oshirilgan?
A)10 B)5 C)20 D)100
6. Generatorning rotori 120 ayl/min chastota bilan aylanmoqda.
Necha juft qutb bo‘lganda 50 Hz chastotali o‘zgaruvchan tok hosil
bo‘ladi?
A)5 B)50 C)25 D)24
7. Sim o‘ramlari soni 100 ta va yuzasi 100 cm
2
bo‘lgan ramka
induksiyasi 0,01 T bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda aylanmoqda.
Ramkadagi EYK ning eng katta qiymati 2 V bo‘lsa, uning bir marta
aylanishi uchun ketgan vaqtini aniqlang (s).
A)6,28·10
–2
B)3,14·10
–2
C)3,14·10
–3
D)2,83·10
–2
8. Yuzi 50 cm
2
bo‘lgan ramka induksiyasi 0,4 T bo‘lgan bir jinsli
magnit maydonda 50 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda.
Ramkada hosil bo‘ladigan EYK ning amplitudaviy qiymatini
hisoblang (V).
A)0,1 B)2,5 C)1,6 D)0,4
9. Generator elektr zanjirga 2,5 kW quvvat beradi. Tok kuchining
amplitudasi 50 A, generator qisqichlaridagi kuchlanish amplitudasi
200 V ga teng. Tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi fazalar farqini
toping.
A)π/3 B)π/6 C)π D)π/4
10. Tok generatori yakoridagi o‘ramlar soni 1000 dan 200 gacha
kamaytirildi. Induksiya EYK ning maksimal qiymati o‘zgarmasdan
qolishi uchun yakorning aylanish chastotasini qanday o‘zgartirish
kerak?
A)2,5 marta orttirish kerak B)5 marta kamaytirish kerak
C)5 marta orttirish kerak D)2,5 marta kamaytirish kerak
11. O‘zgaruvchan tok generatorining aylanish tezligi 2 marta
kamaysa, tokning chastotasi qanday o‘zgaradi?
A)4 marta kamayadi B)o‘zgarmaydi
C)2 marta kamayadi D)2 marta ortadi
12. O‘zgaruvchan tok generatorining aylanish tezligini 2 marta
kamaytirib, juft qutblar soni 2 marta orttirilsa, tokning chastotasi
qanday o‘zgarishini toping.
A)o‘zgarmaydi B)2 marta kamayadi
C)2 marta ortadi D)4 marta kamayadi
13. Zanjirdagi kuchlanish quyidagi U=300cosωt (V) qonunga
muvofiq o‘zgaradi. Tarmoqqa ulangan aktiv qarshilik 60 Ω
bo‘lganda, o‘tkazgichda 1 daqiqada qancha issiqlik miqdori ajraladi
(kJ).
A)50 B)45 C)90 D)180
14. Cho‘g‘lanma lampa samarador qiymati 220 V bo‘lgan
o‘zgaruvchan kuchlanish manbaiga ulangan. Agar lampaning
quvvati 100 W bo‘lsa, uning aktiv qarshiligini aniqlang (Ω).
A)121 B)44 C)484 D)440
15. O‘zgaruvchan tok zanjiri ketma – ket ulangan 20 Ω aktiv
qarshilik, 20 Ω induktiv qarshilik va 10 Ω sig‘im qarshilikdan
iborat. Agar zanjirdan 2,5 A tok o‘tayotgan bo‘lsa, 4 s da undan
ajralib chiqqan issiqlik miqdorini hisoblang (J).
A)750 B)500 C)1500 D)1000