1. Transformator qanday asbob?
A)o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgartiruvchi
B)zarralarni tezlashtiruvchi
C)elektromagnit tebranishlarni hosil qiluvchi
D)radioaktiv nurlanishlarni aniqlovchi
2. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga 220 V kuchlanish
berilgan. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish 10 V. Agar
ikkilamchi chulg‘amdagi o‘ramlar soni 100 ta bo‘lsa, birlamchi
chulg‘amdagi o‘ramlar soni nimaga teng?
A)22000 B)2200 C)220 D)22
3. Kuchaytiruvchi transformatorning birinchi chulg‘ami 40
o‘ramdan iborat. Kuchlanishni 220 dan 44000 V gacha orttirish
uchun transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi o‘ramlar soni
nechta bo‘lishi kerak?
A)40 B)400 C)2200 D)8000
4. Transformatorning birlamchi chulg‘amidagi kuchlanish 220 V,
tok kuchi 0,5 A, ikkinchi chulg‘amida 2,5 A va 38 V bo‘lsa,
transformatorning foydali ish koeffitsientini hisoblang (%).
A)76 B)80 C)95 D)86
5. Birinchi chulg‘amida 600 ta o‘rami bo‘lgan transformator 220 V
kuchlanishni 880 V gacha kuchaytirib berayotgan bo‘lsa,
transformatsiyalash koeffitsientini va ikkinchi chulg‘amdagi
o‘ramlar sonini aniqlang.
A)4; 2400 B)0,25; 2400 C)4; 150 D)0,25; 150
6. Transformatorning birlamchi chulg‘ami 220 V kuchlanishli
tarmoqqa ulangan. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami
uchlaridagi kuchlanish 20 V, chulg‘amning qarshiligi 1 Ω, undan
o‘tayotgan tok kuchi 2 A bo‘lsa, transformatorning transformatsiya
koeffitsientini toping.
A)12 B)11 C)10 D)8
7. Transformator chiqishidagi kuchlanish 30 V. Unga har biri 0,8 A
tok iste’mol qiladigan 100 ta lampochka ulangan. Agar
transformatorning FIK 96 % bo‘lsa, uning kirishidagi quvvatini
toping (kW).
A)2 B)3 C)2,5 D)4
8. Pasaytiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘ami zanjiridagi
kuchlanish 80 V va tok kuchi 3 A. Kuchlanish 160 V bo‘lgan
birlamchi chulg‘amdagi tok qancha bo‘ladi (A)? Isrofni hisobga
olmang.
A)4 B)0,5 C)2 D)1,5
9. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi o‘ramlar soni 990
ta, kirishidagi kuchlanish 220 V, chiqishidagi kuchlanish 330 V
bo‘lsa, birlamchi chulg‘amdagi o‘ramlar sonini aniqlang.
A)440 B)660 C)330 D)110
10. Birlamchi chulg‘amida 900 ta o‘rami bo‘lgan transformator
kuchlanishni 220 dan 660 V gacha oshiradi. Transformatsiyalash
koeffitsienti va ikkilamchi chulg‘amdagi o‘ramlar soni topilsin.
A)3; 300 B)3; 2700 C)1/3; 2700 D)1/3; 300