1.
Co
60
27
radioaktiv kobaltning o‘rtacha yashash vaqti 7,35 yil
bo‘lsa, uning yarim yemirilish davri qanday (yil)?
A)5,1 В)5,24 C)4,7 D)6
2. Radonning yarim yemirilish davri 3,82 sutkaga teng. 1,91
sutkadan keyin bu izotopdagi atomlar soni necha marta kamayadi?
A)1,41 B)1,2 C)1,1 D)1,6
3. Radiy izotopining yarim yemirilish davri 1400 yilga teng. Necha
yildan keyin undagi atomlar soni 4 marta kamayishini aniqlang?
A)3200 B)4800 C)1800 D)2800
4. Radiyning yarim yemirilish davri 1590 yil. Hozirgi vaqtda
mavjud bo‘lgan radiy miqdori necha yildan keyin 4 marta
kamayadi?
A)3180 B)1590 C)4770 D)6360
5. Sutkaning boshlang‘ich 8 soatida radioaktiv modda 3 marta
kamaysa, sutkaning oxirida u necha marta kamayadi?
A)9 B)24 C)8 D)27
6. Radioaktiv elementning aktivligi 8 sutkada 4 marta kamaygan
bo‘lsa, uning yarim yemirilish davri necha sutkaga teng?
A)1 B)2 C)3 D)4
7. Radiaktiv elementning aktivligi 160 sutkada 16 marta kamaygan
bo‘lsa, uning yarim yemirilish davrini toping (sutka).
A)10 B)16 C)20 D)40
8. Kumush radioaktiv izotopining massasi 510 sutkada 8 marta
kamaydi. Radioaktiv kumushning yarim yemirilish davri topilsin
(sutka).
A)270 В)170 C)810 D)110
9. Qandaydir radioaktiv elementning aktivligi 4 sutkada 4 marta
kamaydi. Uning yarim yemirilish davrini toping?
A)8 B)4 C)2 D)1
10. Radioaktiv kumushning aktivligi 645 sutkada 8 marta kamaydi.
Kumushning yarim yarim yemirilish davrini toping (sutka).
A)270 B)215 C)405 D)430
11. Qandaydir moddaning yarim yemirilish davri 70 kunga teng. 35
kundan keyin radioaktiv yadrolarning necha foizi qolishini
aniqlang?
A)70 B)50 C)75 D)30
12.
Ra
226
88
ning yarim yemirilish davri 1600 yil. Boshlang‘ich
yadrolarning soni N
o
=10
9
bo‘lsa, 3200 yilda nechta yadro
yemiriladi?
A)2·10
9
B)7,5·10
8
C)5·10
8
D)2,5·10
8
13.
I
131
53
izotopining yarim yemirilish davri 8 sutkaga teng. 32
sutkadan keyin yod izotopi massasining necha foizi yemiriladi?
A)12,5 B)93,75 C)87,5 D)81,25
14. Qandaydir radioaktiv elementning 87,5 % atomi yemirilishi
uchun qancha vaqt ketadi (yil)? Yarim yemirilish davri 2 yil.
A)6 B)1 C)3 D)2
15. Yarim yemirilish davri 1 yil bo‘lgan radioaktiv moddaning
to‘rtdan uch qismi yemirilishi uchun qancha vaqt ketadi (yil)?
A)1 B)2 C)3 D)4
16. Radioaktiv moddaning yarim yemirilish davri 24 soat bo‘lsa, 48
soatdan keyin yemirilgan atomlar necha foizini tashkil etadi?
A)25 B)50 C)75 D)48
17. Yarim yemirilish davrining yarmiga teng vaqt ichida biror
element yadrolarining qancha qismi yemiriladi?
A)0,2 B)0,23 C)0,29 D)0,25