2-ma`ruza: TEXNIK IJODKORLIKNING TAVSIFI
Reja:
2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.
2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi.
2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.
2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz.
2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.
Har qanday ilmiy tekshirish ishining maqsadi tekshirilayotgan ob`ekt haqida yangi
ma`lumot olish yoki mavjud ma`lumotlarni yanada chuqurlashtirishdan iborat.
Barcha ilmiy tekshirish ishlari quyidagilarga bo’linadi:
A) nazariy
B) nazariy-tajribaviy
V) tajribaviy (laboratoriya yoki sanoatda).
Tekshirishning oldiga qo’yilgan masalalarga ko’ra ITI quyidagilarga bo’linadi:
Nazariy-tajribaviy ishlar. Bu ishlar mashinadagi jarayonning mohiyatini ochib beradi.
Tajribaviy ishlar. Bu ishlar yangi ishlab chiqilgan mashinalarni o’rganish uchun o’tkaziladi.
Buyumlarning sifatini aniqlash va standartlar yaratish uchun o’tkazilgan ITI.
Tekshirish metodlarini yaratish uchun o’tkaziladigan ITI (priborlar, datchiklar yaratish va
hokazo).
2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi.
Nazariy-tajribaviy ishlarning bosqichlari:
Mavzuni tanlash va asoslash.
Tayyorgarlik bosqichi
Texnologik jarayonning nazariy analizi
Dastlabki tajribani tayyorlab, o’tkazish
Asosiy tajribani o’tkazish
Nazariy va tajribaviy tekshirishlarning natijalari analizi
Hisobot yozish, fikr va mulohazalar.
B) Izlanish ishlarining bosqichlari:
Mavzuni tanlash va asoslash
Nazariya ishlab chiqarish
Stendni loyihalash va tayyorlash
Stendni sinab ko’rish va ayrim o’zgartirishlar kiritish
Dastlabki tajribani tayyorlash va o’tkazish
Asosiy tajribani o’tkazish
Tekshirish natijalari analizi
Hisobot yozish. Stendni tajribaviy namunasini tayyorlashga texnik topshiriq tayyorlash.
2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.
Tekshiruvchining bilim darajasi
Ishni bajarish uchun sharoit (mablag’, ishchi kuchi va hokazo)
Aktualligi.
Tayyorgarlik bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi:
Adabiyotlar bilan tanishish
Tekshirish ob`ekti bilan tanishish
Texnologik jarayonning fizikaviy asoslarini o’rganish
Tekshirish masalalarini aniqlab olish
Ishning metodik dasturini tuzish.
Metodik dasturning tarkibi
Mavzuning aniq nomi
Ishning maqsadini aniqlash
Ishni nima sababdan qilinishini aniqlash
Masalaning muayyan holatini aniqlash uchun materiallar va adabiyotlar bilan tanishish
Jarayonning ishchi modelini qurish
Mavzuni bosqichlar bo’yicha sxemasi
Rejalashtirish matritsasi, tajribani o’tkazish uslubi
Natijalarni ishlash metodikasi, xulosalar ko’rish
Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uslubi
Metodik dastur har qanday ish uchun bir yilga tuziladi. ITI ishchi dasturi - bu ITI
o’tkazishning rejasidir. Dasturga metodik dastur, ishning kalendar bo’yicha borishi, xarajatlar
smetasi va iqtisodiy samaradorlik kiradi. ITI tugagach hisobot yoziladi. Hisobotning tarkibi
quyidagilardan iborat:
Muqova
Bajaruvchilar ro’yxati
Referat
Mundarija
Kirish
Adabiyotlar sharhi
Tanlangan yo’nalishdagi ishni asoslash
Hisobotning asosiy qismi (bajarilgan ishlar va natijalar)
Muqaddima
Foydalanilgan ilmiy ishlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
Qisqartmalar, simvollar va maxsus terminlar ro’yxati (mabodo zarur bo’lsa).
2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz.
Progressiv yangi texnologiyani yaratishni va modernizatsiya qilishni nazariy va amaliy
tadqiqotlarsiz amalga oshirish juda qiyin. Juda ko’p savollar borki ularni faqat ilmiy bilim bilan
hal etish qiyin. Masalan, murakkab mexanik sistemalarni xususiy chastotalarini, murakkab
konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallardagi (mashina ramasi, mexanizm zvenolari) kuchlanishlarni
aniqlash, mexanizm zvenolarining deformatsiyasini hisobga olish, juftliklardagi deformatsiyani
hisobga olish, hamda kinetik juftliklardagi tirqishlarni hisobga olish va hokazo. Shuning uchun
eksperimental tadqiqot muhim ahamiyatga ega.
Eksperimental tadqiqot o’tkazishdan maqsad mashinalarning kinematik va dinamik
parametrlarini aniqlash, mustahkamlik va bikrlikka chidamliligini aniqlashdir.
Mexanik eksperiment o’tkazish uz ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
mashina detallarini fizik parametrlarini aniqlash, ya`ni og’irlik markazi koordinatasi,
inertsiya momentini aniqlash;
kinematik parametrlarning - ko’chish, tezlik va tezlanishini aniqlash;
mashina
detallaridagi
dinamik
parametrlarning
-
kuchlarini,
momentlarini,
deformatsiyalarini, inertsion qarshiliklarini aniqlash;
ba`zi
sistemalarning
mexanizm
detallarini
tebranma
harakatini
va
shovqin
xarakteristikalarini aniqlash;
aylanuvchi detallarni dinamik muvozanatlashganligini aniqlash.
Tadqiqot (eksperiment) metodikasi uz ichiga texnikaviy va tashkiliy masalalarni oladi. Bu
masalalarni hal etish anchagina mablag’ va vaqt talab etadi. Shuning uchun tadqiqot
o’tkazishdan avval tadqiqotni o’tkazishdan maqsad, ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va
ketma-ketlikni, ya`ni uslubini o’rganish kerak.
Tadqiqot o’tkazish
Tadqiqotchi birinchi navbatda eksperimentga qo’yilgan masalani va uni qanday hal qilishni
aniq tasavvur qilishi kerak. So’ngra kerakli natija olishi uchun qanday sharoitda, necha xil
variantda va qaysi parametrlarni olish zarurligini bilishi lozim. Keyingi asosiy qadam - tadqiqot
o’tkazish uslubini, ya`ni kompleks savollarni yechishi kerak.
Tadqiqot natijalarini aniqlashga ta`sir etuvchi omillardan biri mos ravishdagi asbob va
uskunalarni tanlashdir.
Tadqiqot o’tkazishda odatda mexanikaviy, optik, elektrik yoki ularni kombinatsiyalangan
sistemalari ishlatiladi. O’lchov asboblarini tanlashda, ularni juda sinchkovlik bilan tekshirish
kerak, chunki o’lchash davomida qo’shimcha xatoliklar mavjud bo’lishi mumkin. Avval
boshlang’ich tadqiqotlar o’tkazilib, ularni natijasi tahlil qilinadi. Tadqiqot o’tkazishni oxirgi
bosqichida metodik dastur tuziladi. Unda kirish, tadqiqot o’tkazish maqsadi va ketma-ketligi
haqida tushuncha, tadqiqot ob`ekti haqida, asbob va uskunalar xarakteristikasi, tarirovka qilish
usuli, tajribalarni qaytarilish soni, variantlar natijalarini analiz qilish usullari bayon qilinadi.
Tadqiqot yuqoridagi bayon etilgan metodik (uslubiy) dasturga asosan o’tkaziladi. Olingan
natijalarni jadval va grafik ko’rinishida tasvirlanadi.
Tadqiqot tugatilgandan so’ng hisobot yoziladi. Hisobotda olingan natijalarni turli rasmlar,
sxema va fotokartochkalar bilan olib boriladi, hamda turli jadval va grafiklar, ularda nima
ko’rsatilgani tasvirlanadi, qilingan ishlar natijalari dalillarga asoslangan bo’lishi, ya`ni tahlil va
mulohazalardan yiroq bo’lishi kerak.
Tayanch so’z va iboralar
Fanning maqsad va vazifasi, nazariy va tajribaviy ishlar, mavzuni tanlash, hisobot tarkibi,
mexanik eksperiment, tadqiqot o’tkazish bosqichlari.
Dostları ilə paylaş: |