HOH
Saxaroza glyukoza fruktoza
Saxaraza fermenti ko’pchilik o’simliklar tarkibida uchraydi. Ayniqsa u
achitqi zamburug’larida ko’p bo’ladi. Ferment aktivligining aniqlashda bir qator
usullardan foydaliniladi. Bulardan biri yuqoridagi reaksiya mahsulotlarining
qaytaruvchanlik xususiyatlariga asoslangan bo’lib, glyukoza va fruktoza tegishli
kislotalargacha oksidlanadi, mis ionlari esa qaytariladi.
Ishning borishi. 2ta probirkaga 1 ml dan 0,5% li saxaroza eritmasidan
solinadi. 1 probirkaga 1 ml suv, ikinchisiga esa 1 ml saxaroza fermenti shirasidan
qo’shiladi va 15 minut 35°C inkubasiyaga qo’yiladi. Belgilangan vaqt tugagach, har
ikkala probirkaga 2 ml natriy gidroksidning 20% li eritmasidan va 5-6 tomchi mis
sulfatining 2% li eritmasidan qo’shib qizdiriladi. Ferment ta’sir qilgan probirkada
qizil cho’kma hosil bo’ladi.
Reaktivlar: Saxaroza ferment shirasi, shira achitqi zamburug’larida olinadi.
Buning uchun 5 gramm achitqi chinni hovonchada eziladi, so’ngra unga 5 ml
disitillangan suv qo’shib ezish davom ettiriladi.Hovonchaga yana 10 ml issiq
(60°)suv qo’shiladi va 10 minut davomida eziladi. Bundan saxaroza fermenti
eritmaga o’tadi. Aralashma filtrdan o’tkaziladi, filtrdan ferment shirasi sifatida
foydalaniladi. Saxarozaning 0,5% li eritmasi natriy gidroksidning 20% li eritmasi,
mis sulfatning 2% li eritmasi.
Dostları ilə paylaş: |