83
83
chiqish qarshiligi va katta chiqish quvatini ta‘minlashi kerak. Chiqish bosqichlari
sifatida odatda AV rejimda ishlaydigan komplementar emitter qaytargich
qo‗llaniladi (55 - rasmga qarang).
Birinchi avlod operasion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch
bosqichli tuzilmasi sxema asosida
n–p-n tranzistorlarda bajarilgan. Birinchi
kuchaytirish bosqichi klassik differensial kuchaytirgichda bajarilgan (DK rasmiga
qarang). Ikkinchi bosqich ham differensial kuchaytirgichda bajarilgan bo‗lib, bu
bosqichda BTG qo‗llanilmaydi. Chiqish bosqichi
A rejimida ishlaydi, ya‘ni emitter
qaytargich vazifasini bajaradi. Mazkur operasion kuchaytirgichlarninng kamchiligi
bo‗lib uncha katta bo‗lmagan kuchaytirish koeffisienti (
K
U0
=300’4000) va kichik
kirish qarshiligi (
R
KIR
4 kOm) hisoblanadi.
Aytib o‗tilgan kamchiliklar
ikki bosqichli sxemada yasalgan ikkinchi avlod
OKlarda bartaraf etilgan. Xarakteristikalarni yaxshilash
tarkibiy tranzistorlar,
yuqori omli rezistorlar qo‗llash va differensial bosqich yuklama rezistorlarini
dinamik yuklamalarga almashtirish hisobiga amalga oshirilgan. Bir qator ikkinchi
avlod OKlari maydoniy tranzistorlarda bajarilgan, buning natijasida kirish
qarshiligi yanada oshirilgan.
140UD7 turdagi kuchaytirgich keng tarqalgan ikki bosqichli OK
hisoblanadi. Bu OK kuchaytirish koeffisienti
K
U0
=45000, kirish qarshiligi esa
R
KIR
= 400 kOm.
Ma‘lumotnomalarda
K
U0
, R
KIR
i
R
ChIQ
qiymatlari MTAsiz OK lar uchun
keltiriladi. OK chiqish bosqichini yana maksimal chiqish toki (tez
ishlaydigan keng
polosali OKlar uchun
I
ChIQ,max
20 mA va quvvati katta OKlar uchun
I
ChIQ,max
500 mA) va yuklamaning minimal qarshiligi (
R
Yu.min
1 kOm) parametrlari ham
keltiriladi.
OKning asosiy xarakteristikalari bo‗lib uning amplituda (uzatish)
xarakteristikalari hisoblanadi. Ular 57 – rasmda keltirilgan. Xarakteristikaning qiya
(chiziqli) sohasi ishchi soha hisoblanadi, uning og‗ish burchagi
K
U0
qiymati bilan
aniqlanadi.
U
ChIQ,max
- maksimal chiqish kuchlanishi bo‗lib, manba kuchlanishi
Ye
qiymatidan ozgina kichik bo‗ladi.
OKning chastota xossalari uning AChXsida aks ettiriladi. Bu
xarakteristikani qurishda
K
U0
dBlarda ifodalanadi, chastota esa logarifm
masshtabida gorizontal o‗q bo‗ylab o‗rnatiladi.
57 – rasm.
84
84
OKning bunday AChXsi logarifmik amplituda – chastota xarakteristikasi
(LAChX) deb ataladi. 58 – rasmda tez ishlaydigan K140UD10 turdagi OKning
LAChXsi keltirilgan.
f
Yu
– chastotadan kichik qiymatlarda kuchaytirish koeffisienti
20
lg K
U0
ga teng bo‗ladi, ya‘ni LAChX chastota o‗qiga parallel to‗g‗ri chiziqni
beradi. Kirish signalining ortishi bilan K
U0
kamaya boshlaydi va
f
1
chastotada
kuchaytirish koeffisienti birga teng bo‗ladi.
58 – rasm.
Dostları ilə paylaş: