VI BOB. YARIM O„TKAZGICHLI STATIK RAQAMLI INTEGRAL MIKROSXEMALAR SXEMOTEXNIKASI
6.1. Raqamli texnika asoslari Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli
muhim rol o‗ynaydi. Raqamli yarim o‗tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi
qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari
tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki
qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‗rinishida ifodalanadi.
Analog axborotni raqamli ko‗rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar,
ya‘ni vaqt bo‗yicha uzluksiz signal uning ma‘lum nuqtalardagi diskret qiymatlari
bilan almashtiriladi. So‗ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda
raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan
almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi.
Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi.
Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr
kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema
bo‗lishi talab qilinadi. Kattalikning biri – 0 ga, ikkinchisi – 1 ga mos kelishi kerak.
Ikki elektr holatga ega bo‗lgan elektr sxemalarni yaratishning nisbatan soddaligi
shunga olib keldiki, hozirgi zamonaviy raqamli texnika mana shu ikkilik
ifodalanish tizimga asoslangan.
Raqamli qurilmalar ishlash algoritmini ifodalash uchun bul algebrasi yoki
mantiq algebrasi qo‗llaniladi. Mantiq algebrasi doirasida raqamli sxema kirish,
chiqish va ichki qismlariga mos ravishda bul o‗zgaruvchilari o‗rnatiladi va ular
faqat ikki qiymat qabul qilishi mumkin:
X=0 agar X
1; X=1 agar X
0.
Bul algebrasi asosiy amallari bo‗lib mantiqiy qo‗shuv, ko‗paytiruv va inkor
amallari hisoblanadi.