GLOSSARIY
Adabiy til – Umumxalq tilining til me’yorlari doirasida sayqallangan shakli.
Alifbo – harflar tovushlarning ma’lum tartibda joylashgan harfiy ifodasi (sirasi).
Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosi 29 harf va tutuq belgisidan
iborat.
Artikulatsiya – tovushlarning paydo bo‘lishidagi nutq a’zolarining holat va
harakati.
Assimilatsiya – bir tovushning yon tovushga moslashishi, singishi. Progressiv
assimilatsiya – oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovushning
o‘zgarishi: ottan (otdan), yurakka (yurakga). Regressiv assimilatsiya:
keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o‘zgarishi: tussiz
(tuzsiz), yossin (yozsin).
Antonimlar – ma’nosi bir-biriga zid bo‘lgan so‘zlar: katta-kichik, yosh-u qari,
oq- qora.
Arxaik so‘zlar – eskirgan so‘zlar: ajun – dunyo, aya – kaft, ayag‘ – sharob,
ayru – yoki (Koshg‘ariy)
Atamalar(terminlar) – ma’lum bir fan-texnika sohasiga oid so‘zlar: neytron,
proton, aniqlovchi, to’ldiruvchi
Badiiylik – Adabiyot va san’at asarlarining ijtimoiy-estetik ahamiyatini
belgilovchi sifati va darajasi.
Dostları ilə paylaş: |