8
qo‘pol so‘zlarni nutqda noo‘rin va ko‘p qo‘llash.
Dialog – Ikki kishi orasidagi nutq. Og‘zaki va yozma shakllarga ega.
Dubletlar – ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar:
boyo‘g‘li – boyqush, gado- gadoy,
gazlama – gazmol.
Etimologiya – so‘zning kelib chiqishini, tarixini o‘rganuvchi ta’limot:
qayrag‘och
–
qayrilgan yog‘och
Estetika – go‘zallik, nafis san’at, badiiy ijodiyot va ularning shakllari haqidagi
ta’limot.
Jargon – biror ijtimoiy guruhga xos so‘zlar:
loy – pul, lox – sodda odam.
Juft so‘zlar – juft shaklda qo‘llanuvchi so‘zlar:
qozon-tovoq, qishin-yozin,
non-choy.
Intonatsiya – Nutqda tovushning baland va past ohangi bilan belgilanadigan
so‘zlashish tarzi, so‘zni talaffuz etish holati. So‘zlovchining nutq
mavzuiga munosabatini, his-tuyg‘usini ifodalovchi talaffuz uslubi.
Dostları ilə paylaş: