Improvizatsiya – Avvaldan tayyorgarliksiz biror munosabat tufayli ma’lum
mavzuda hozirjavoblik bilan nutq so‘zlash.
Kasb-hunar leksikasi – bir kasb yoki hunarga oid so‘zlar: poshna, tagcharm.
Kommunikativ sifat – Fikr almashuviga oid kommunikatsiya, ya’ni aloqaning
sifati. Nutqning sifati.
Ko‘p ma’noli so‘zlar (polisemiya) – shaklan bir xil bo‘lsa ham ma’nolari yaqin
bo‘lgan so‘zlar: ishning ko‘zi, gapning tuzi, ishning boshi.
Logograf – Qadimgi g‘arb sud notiqligida nutq yozib beruvchi shaxs.
Leksikografiya – so‘z shakllari, tilning lug‘at boyligi – lug‘atlar haqidagi ta’limot.
Madaniyat – Jamiyatning ishlab chiqarish va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritgan
yutuqlar majmui.
Majoziy ma’no (metafora) – biror predmet yoki harakatning belgisini boshqasiga
ko‘chirish: ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o‘kirdi.
Dostları ilə paylaş: |