Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
74
Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Odam farzandining har bir kalomi o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish
yo yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr qilish bundan mustasno» (Termiziy,
Ibn Moja
rivoyati).
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon Savriyga yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda
shiddatli ekanmi?!»
deganida, u zot: «Alloh taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy
suhbatlarida hech qanday yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga yo biron yaxshilik
qilishga yoki odamlar orasini isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu
oyatga o‘sha hadis monanddir», deya javob berganlar.
Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni oshirib yoki yaxshi gapirib
odamlar orasini isloh
qiladigan kishi yolg‘onchi emas» (Buxoriy rivoyati).
Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan tashqari odamlar gapiradigan biron narsada
(yolg‘onga) ruxsat berilganini eshitmadim». Uch o‘rin – urush, odamlar orasini isloh
qilish va erning xotiniga yoki xotinning eriga oilani saqlab
qolish uchun gapirishida
ruxsat berilgan.
Sahl ibn Sa’d Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik tushgani xabari keldi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini isloh qilish uchun yo‘lga
tushdilar» (Buxoriy rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha,
namozga borish, nizolashganlar orasini isloh qilish yoki
musulmonlar orasida joiz qasam ichishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.
Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim
ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning ishini isloh
qiladi, gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul ozod qilganlik savobini beradi va u gunohlari
kechirilgan holda qaytadi.
Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning
rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.
O‘ttiz uchinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: