www.ziyouz.com kutubxonasi
126
ichkilikka mukkasidan ketgan holda vafot etsa, Alloh azza va jalla uni «Guvta»
daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot
sollallohu alayhi vasallam: «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, uning
badbo‘yi do‘zax ahliga ozor beradi», dedilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Ya’ni, do‘zaxda fohishalarning farjlaridan qon, yiring oqadi. So‘ng mast qiluvchi
ichimlikni ichishga odatlanib qolgan kimsalar shu jirkanch ichimlik bilan «siylanadilar».
Rivoyat qilishlaricha, jahannamdagi bir vodiyda ilonlar bo‘ladi. Har bir ilonning yo‘g‘onligi
tuyaning bo‘ynidek bo‘lib, ular namozni tark qiluvchilarni chaqadilar. Ularning zahari
inson jismida yetmish yil o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. So‘ng uning go‘shtlari shalvirab tushadi.
Jahannamda «Jubbul huzn» (qayg‘u o‘rasi) deb nomlangan yana bir vodiy bo‘lib, u ilon
va chayonlar makonidir. Har chayon xachirdek keladi. Uning yetmishta nishi bo‘lib, har
bir nishi zaharga to‘la. U zinokorni chaqib zaharlaydi. Uning og‘rig‘i ming yil azob beradi.
So‘ng zinokorning go‘shtlari titilib, farjidan qon, yiring oqadi. Rivoyatlarda kelganki, kim
oilali ayol bilan zino qilsa, ularning har ikkisiga qabrda butun islom ummatiga
beriladigan azobning yarmi beriladi. Qiyomatda esa Alloh taolo ayolning eri foydasiga
hukm qiladi.
Mazkur holat er bu ishdan bexabar bo‘lgan taqdirda ro‘y beradi. Agar erning xabari
bo‘lsa-yu, sukut saqlasa, e’tibor bermasa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Chunki Alloh
taolo jannat darvozasiga: «Sen dayusga haromsan», deb yozib qo‘ygan.
Ahli oilasining fahsh-buzuqlik qilishini bilaturib, sukut saqlaydigan va rashk-or
qilmaydigan kimsa dayus hisoblanadi.
Rivoyat qilishlaricha, kimki o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni shahvat bilan ushlasa, qiyomat
kunida qo‘li bo‘yniga bog‘langan holda keladi. Agar o‘psa, lablari olovda qirqiladi. Bordi-
yu zino qilsa, qiyomat kunida sonlari tilga kiradi-da, uning zarariga guvohlik beradi:
«Men haromga mindim», deydi. Shunda Alloh taolo unga g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Bu
qarashdan bandanidagi go‘shtlar erib tushadi. U sarkashlik qilib: «Men bu ishni
qilmaganman», deydi. Unga qarshi tili guvohlik berib: «Men halol bo‘lmagan so‘zlarni
so‘zlaganman», deydi. Qo‘llari: «Men haromni ushlaganman», desa, ko‘zlari: «Men
haromga nazar tashlaganman», deydi. Oyoqlari: «Men halol bo‘lmagan ishga yurib
borganman», deydi va farji: «Men qilganman», deydi. Yelkasidagi farishtalardan biri:
«Men eshitganman», desa, ikkinchisi: «Men yozganman», deydi. Alloh taolo: «Men bilib,
uni yashirganman», deydi. So‘ngra farishtalarga: «Uni ushlanglar va azobimdan
tottiringlar. Darhaqiqat, behayo kimsaga g‘azabim kuchaydi», deb buyuradi. Quyidagi
oyati karima bu fikrni tasdiqlaydi: