www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib
olgandek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati, sahih hadis).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh
gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga qaramaydi va ularga alamli azob
bo‘lur. (Ular) zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘al» (Muslim,
Nasoiy rivoyati).
Samura ibn Jundab roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rdilar. U zotning oldilariga Jabroil va Mikoil
alayhissalomlar kelishdi. Nabiy aytadilar: «Yo‘lga tushdik va tandirga o‘xshagan narsa
oldiga keldik. Undan shovqin-suron eshitilib turardi. Qarasak, uning ichida yalong‘och
erkak va ayollar bor ekan. Ularga taglaridan olov kelib turarkan. Olov kelganda,
qichqirar edilar... Tandirga o‘xshagan bino ichidagi yalong‘och erkak-ayollar zinokor
erkak-ayollardir» (Buxoriy rivoyati).
Zinokorlar qiyomatga qadar mazkur azobga giriftor bo‘lurlar.
Allohdan afv va ofiyat tilaymiz.
Ato (rahimahulloh) jahannam haqidagi: «Uning yettita darvozasi bo‘lur» (Hijr
surasi, 44), oyatining tafsirida shunday deydilar: «Bu darvozalarning eng g‘am-
tashvishlisi, qayg‘ulisi, eng issig‘i va eng badbo‘yi – bilaturib zino qilgan zinokorlar
kiradigan darvozadir».
Makhul Dimashqiy (rahimahulloh) aytadilar: «Do‘zax ahliga juda ham badbo‘y hid keladi.
Shunda ular: «Biz bu hiddan ko‘ra sassiqroq, badbo‘yroq hidni hidlamagan edik»,
deyishadi. Ularga: «Bu zinokorlar farjlarining hididir», deyiladi.
Tafsir imomlaridan biri Ibn Zayd (rahimahulloh) aytganlar: «Aniqki, zinokorlar
farjlarining hidi do‘zax ahliga ozor beradi».
Rivoyat qilishlaricha, shayton qo‘shinlarini yer yuziga yubora turib: «Qaysi biringiz bir
musulmonni yo‘ldan ozdirsangiz, uning boshiga toj kiydiraman», deydi. Ularning eng
fitnakorrog‘i shaytonga eng yaqini bo‘ladi va uning oldiga kelib: «Falonchini vasvasa
qilavergan edim, oxiri xotinini taloq qildi», deydi. Shayton: «Hech ish qilmabsan, u
yaqinda boshqasiga uylanib oladi», deydi. So‘ng boshqasi kelib: «Falonchini vasvasa
qilavergan edim, oxiri uni birodari bilan urishtirib qo‘ydim», deganida, u: «Hech ish
qilmabsan, yaqinda qaytadan yarashib oladi», deydi. So‘ngra boshqasi kelib: «Falonchini
tinmay vasvasa qilgan edim, oxiri u zino qildi», deydi. Shayton: «Juda zo‘r ish qilibsan»,
deb uni yoniga chorlaydi va boshiga toj kiydiradi. Shayton va qo‘shinlarining
yomonligidan Alloh saqlasin.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Iymon bir libosdirki, Alloh uni xohlagan kimsasiga kiydiradi. Agar banda zino
qilsa, undan libos yechib olinadi. Bordi-yu tavba qilsa, unga (iymon libosi) qaytariladi»
(Abu Dovud, Termiziy rivoyati).
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim