Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda – barcha odamlar butun olamlar Parvardigori



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda – barcha odamlar butun olamlar Parvardigori 
huzurida tik turib (hisob-kitob qilinadigan, o‘rtalarida hukm etiladigan 
qiyomat) kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?!» (Mutaffifin 
surasi, 4-6). 
 
Zajjoj aytganlarki: «Agar o‘ylaganlarida edi, o‘lchov va tarozidan urib qolmagan 
bo‘lishardi». 
 
Molik ibn Dinor aytadilar: «Qo‘shnimning oldiga kirdim. U o‘limi yaqinlashib qolgan, 
qayta-qayta: «Ikkita olovli tog‘, ikkita olovli tog‘», der edi. Undan: «Nima deyapsan?» 
deb so‘ragan edim, «Ey Abu Yahyo, mening ikkita o‘lchov asbobim bo‘lib, biri bilan 
o‘zimga o‘lchab olar, ikkinchisi bilan boshqalarga o‘lchab berar edim», dedi. O‘rnimdan 
turib o‘lchov asbobining biri bilan ikkinchisini ura boshladim. Shunda u: «Ey Abu Yahyo, 
biri bilan ikkinchisini urganingiz sayin, ish – holatim jiddiylashib, qiyinlashib ketyapti», 
dedi. U keyinroq shu kasali sababli vafot etdi». 
 
Birovlarning haqidan urib qolish o‘g‘irlik, xiyonat va harom yeyishning bir ko‘rinishi 
bo‘lib, bu ishni qilganlarga Alloh «vayl» bilan tahdid soldi. Vayl – shiddatli azob, boshqa 
bir rivoyatda aytilishicha, jahannamdagi vodiy bo‘lib. Agar unga dunyodagi tog‘lar 
tushirilsa, harorati yuqoriligi bois toshlarini eritib yuboradi. 
 
Salaflardan biri aytgan ekan: «Har bir (o‘lchov asbobida) o‘lchovchi va (tarozida) 
tortuvchi kishining do‘zaxiy ekanligiga guvohlik beraman. Chunki Alloh saqlaganlardan 
tashqari biron kimsa salomat qolmaydi bundan». 
 
Solihlardan yana biri aytadi: «Bir bemorni ko‘rgani bordim. O‘limi yaqinlashib, o‘zini 
bilmay yotgan ekan. Unga har qancha «Shahodat» kalimasini talqin qilsam ham, tili 
hech aylanmasdi. O‘ziga kelgach: «Birodar, shahodatni shuncha talqin qilsam ham
tilingiz sira aylanmadi-ya. Tinchlikmi o‘zi?» deb so‘ragan edim, «Tarozining tili (pallasi) 
tilimni bosib, gapirtirmay qo‘ydi», dedi. «Nima, tarozidan urib qolarmidingiz?» deya 
so‘ragan edim, «Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas. Biroq vaqtida tarozimning 
to‘g‘riligini tekshirib turmas edim», deb javob berdi». 
 
Tarozining to‘g‘riligiga e’tibor bermagan kishining holi shu bo‘lsa, urib qoladiganlarning 
ahvoli qanday bo‘lar ekan?! 
 
Nofi’ roziyallohu anhu aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumo sotuvchining oldidan 
o‘taturib: «Allohdan qo‘rq, o‘lchov va tarozini to‘g‘ri qil. Chunki urib qoluvchilar terlari to 
quloqlarining yarmigacha ko‘mib yubormagunicha to‘xtatib turiladilar», dedilar. 
 
Salaflardan biri aytgan ekan: «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru 
yercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni 
sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin». 
 
Alloh taolodan afv va barcha baloyu ofatlardan ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, 
marhamatli zotdir. 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin