TAROZI, O‘LCHOV VA SHU KABI NARSALARDAN URIB QOLISH
Alloh taolo aytadi:
«(O‘lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir» (Mutaffifun surasi, 1-3).
Ya’ni, ular shunday kimsalarki, agar o‘zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to‘liq qilib
olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi.
Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga
kelgan vaqtlarida u yerda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli»
(o‘lchov asbobi) bo‘lib, biri bilan odamlarga o‘lchab berar, ikkinchisi bilan o‘ziga o‘lchab
olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo
Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm
ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Alloh nozil etgan
narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh
ularga o‘lat yuboradi, ya’ni o‘lim ko‘payadi. O‘lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar
o‘smay, bir necha yil qurg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar. Zakot bermasalar, yomg‘ir