----------------2-------------------
XIV-XV asr oxirida Temur va temuriylar davlati markazi
Movarounnahr juda ko’p karvon yo’llari orqali Ovrupo, YAqin va O’zoq
SHarqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi. Serg’ayrat
ko’chmanchilar, turli mamlakatlarning jur’atli savdogarlari va ko’rqmas
sayyohlari tomonidan ancha ilgari va ko’rib chiqilayotgan davrda asos
solingan ushbu yo’llar Temur hamda temuriylapr davlatining siyosiy
iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradigan asosiy aloqa yo’llari edi. Binobarin,
turli mamlakatlardan Movarounnahr tomon boradigan karvon yo’llari
temuriylarning harbiy yurishlari uchun ham xizmat qilgan. Umuman olganda,
karvon yo’llarining turli maqsadda amalga oshirilgan yurishlar uchun Temur
harbiy yurishlarining ba’zi yo’llarini ko’zata turib Movarounnahrdan qo’shni
hududlarga olib borgan karvon yo’llarining ba’zi qismini aniqlash mumkin.
O’z oldiga buyuk davlat yaratishni maqsad qilgan Temur o’sha paytdagi
karvon yo’llarining ahamiyatini bilgan edi va undan o’z tashqi siyosatida
ustalik bilan foydalandi. Qadimda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan
Movarounnahr bilan mushtarak bo’lgan Xorazm mug’ullar davrida ikki
qismga bo’linib, markazi Urganch shahri bo’lgan shimoliy Xorazm Oltin
O’rdaga, markazi Kat qal’asi bo’lgan janubiy Xorazm CHig’atoy ulusiga
qaragan. XIV asrning 60-yillari oxirida shimoliy Xorazmda Qo’ng’iron
8
so’filari sulolasi xukmron bo’lib, shimoliy va janubiy Xorazm erlarini
birlashtirdilar. Ayni paytda Xorazm iqtisodiy va siyosiy jihatdan Oltin
O’rdaga bog’liq edi. Temur esa butun Xorazmni CHig’atoy ulusining
ajralmas qismi deb hisoblar edi va uning hududidan o’tadigan ipak yo’lini
qo’lga kiritmoqchi edi.
1372-1388 yillar mobaynida Temur Xorazmga 5 marta yurish qildi va
bu bilan Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga
chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylarida Orol dengizigacha bo’lgan erlarda
yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi.
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan-ko’p
harbiy yurishlar va jangu-jadallarni amalga oshirdi. Ko’p mamlakatlar zabt
etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol
dengizidan fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan
o’lkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari Kichik Osiyo, Suriya,
Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Ila daryosi, SHimoliy
Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi. O’zining ko’p
yillik harbiy yurishlari davomida Temur o’z saltanatining shon-shuxrati
uchun uning markaziy qismi bo’lgan Movarounnahr, ayniqsa poytaxt
Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Buning uchun u zabt
etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda ko’p
hunarmandlar, san’at ahllari va olimlari asir qilib Movarounnahrga olib
keladi va mamlakatni obod etishda ularni zo’rlab ishlatadi. Temurga har bir
zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish
bilan nishonlash odat bo’lgan.
Ispan elchisi Klavixoning yozishicha: u hunarli biror kishini ham
Movarounnahrni tashlab ketishga yo’l qo’ymagan. Aksincha, Temurning
amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to’quvchilari, Xalabning
mashhur paxta yig’uvchi, Anqaraning movut to’quvchi korxonalari, Turkiya
9
zva Gurjistonning zargarlari, xullas, ko’p kasb-hunar sohiblari boshqa
shaharlardan Samarqandga ko’chirib kelindi. U nafaqat Movarounnahr va
Turkistonni obod qildi, balki buysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini
ham qayta tikladi. Karvon yo’llarida robotlar, qal’alar, ko’priklar, shaharlarda
masjid va madrasalar hamda bog’u-bo’stonlar barpo etdi. Karvon yo’llar
qaroqchilardan tozalandi. Yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida
ularning kuchib o’tishi uchun manzilgohlar qurdirdi. Qulaylik yaratish
maqsadida katta yo’llarga soqchilar qo’ydi. Soqchilar yo’lovchilarning moli
uchun javobgar edilar. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi feodal
tarqoqlik va boshbodoqlikka barham berib, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi
qadimiy karvon yo’llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki uzoq
va yaqin SHarq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga xalqlar
va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo’shdi.
Amir Temurning fotihlik yurishlarini faqat o’lja olishga bo’lgan
ishtiyoqqa yo’ymaslik kerak. U jahon karvon yo’liga hukmronlik qilishni o’z
oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Oltin O’rda xududlaridan o’tuvchi shimoliy
savdo shahrohi (asosiy yo’li)ni yo’q qilishga va barcha savdo yo’llarini
Markaziy Osiyo orqali yo’naltirishga harakat Oltin O’rdaga qarshi zarba
berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalandi. Temur
Oltin O’rdani o’z davlatiga qo’shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g’arbda
o’z davlati uchun juda havfli kuch bo’lgan xonlikni zaiflashtirish va uning
sharqiy qismini o’z ta’siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda
«Saroy Berka» orqali o’tadigan karvon yo’lini ham Movarounnahr orqali
o’tish uchun kurashadi. Temur Oltin O’rdaning faqat Sirdar quyi oqimidagi
iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita
bog’liq bo’lgan erlarinigina qo’shib olmoqchi edi. Saroy Berka, Saroy Botu
va Xojitarxon (Astraxon) shaharlarini egallaydi. Temur Oltin O’rda
tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo’jalik va savdo sotiq ishlariga
10
katta putur etkazadi. Bu viloyatlar va ulardagi yirik shaharlar ancha
vaqtlargacha iqtisodiy jihatdan qaddilarini rostlay ololmaydilar. Natijada
Xitoyni yaqin sharq mamlakatlari bilan bog’lagan savdo yo’lining Oltin
O’rda orqali o’tgan shimoliy tarmog’i barham topadi. Endilikda butun savdo
qatnovi yana Movarounnahr shaharlari: O’tror, Toshkent, Samarqand va
Buxoro orqali Balx, Hirot va Sultoniya tomon yo’naladi.
Sirdaryo atrofidagi shaharlar juda keng hududni bog’lovchi qism
sanalgan. Bu erda Movarounnahr vohalari, dasht shaharlari, Oltin O’rdaning
chet qaram erlari Dashti Qipchoq, Mug’uliston, Xitoy va boshqa mamlakatlar
savdogarlari, sayyohlari, turli din vakillari uchrashishgan. Sabron, Sig’noq,
O’tror, Sayram, YAssilar yirik savdo markazlari sanalib, shu joylarda turli
mamlakatlardan keluvchi yo’llar tutashgan. SHuningdek, ayni joyda
Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi Movarounnahrning boshqa shaharlaridan
kelgan savdogarlar ham tez-tez tuxtalishgan. Ibn Arabshohning ezishicha,
«Ipak yo’li» orqali Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan
ma’danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi,
mushk va boshqa mollar; o’zga mamlakatlardan oltin va kumush olib
kelinardi. CHet mamlakatlardan Samarqandga olib kelinadigan mollarning
miqdori naqadar ko’p bo’lganligini Klavixo bu shaharda bo’lgan vaqtida
Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini qayd
etganidan ham faraz qilish mumkin.
Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda ikki karvon yo’li orqali
borilgan. Birinchi yo’l Toshkent, Sayram, Ettisuv va SHarqiy Turkistonning
Turfon va Qumul shaharlari orqali; ikkinchi yo’l Farg’ona vodiysi orqali –
Xo’jand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, O’sh shaharlaridan o’tib, Oloy vodiysi
bo’ylab borgan va SHarqiy Turkistonning Qoshg’ar, Xo’jand va Erkand
shaharlari orqali o’tgan.
Bu davrda Temur va uning joylardagi noiblari Xitoy va Hindistonda
11
O’rta Osie orqali YAqin SHarq va Evropa mamlakatlariga yunalgan asosiy
xalqaro savdo yo’li – «Buyuk ipak yo’li»ni nazorat qilib, savdo karvonlari
qatnovi havfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko’rdilar va SHarq
bilan G’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama
rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
Savdo munosabatlarini rivojlantirishda elchilik aloqalari katta ahamiyat
kasb etgan. Temuriy hukmdorlarining elchilik va savdo karvonlari Osie va
Ovro’poning juda ko’plab mamlakatlariga borganlar. O’z navbatida chet
mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiening turli
mamlakatlarida bo’lganlar.
Temur davrida Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Tatariston, Farangiston,
Ispaniya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan
asosan ipak, shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar
va mushk; Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo’eqlar,
xushbo’y ziravorlar; Erondan marvarid va durlar; Rusiya va Tataristondan
har xil mo’ynalar, teri va mum keltirilgan. Samaqand bozorlarida Farangiston
gazlamalari, movutlari va CHerkas pichoqlari mashhur edi.
O’z navbatida, Markaziy Osie shaharlaridan chet mamlakatlariga arzon
narxli ip matolar, bo’z, duxoba. SHoyi gazlama, qog’oz, quruq meva,
gurunch, paxta, kalava iplar, kulolchilik, misgarlik buyumlari, pichoqlar kabi
mahsulotlar chiqarilgan.
Sohibqironning Fransiya qiroli Frans VIga ezgan xatidagi quyidagi fikri
diqqatga sazovordir: «Siz o’z savdogarlaringizni mening saltanatimga
yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko’rsatamiz. Biz ham o’z
savdogarlarimizni yurtingizga yo’llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko’rsating.
Ularga ortiqcha taz’yiqlar qilinishiga yo’l qo’ymang. Sizga bundan bo’lak
talabim yo’q. Zero, dunyo savdo ahli obod bo’lajak». Ana shu oddiy va aniq
fikrdan щunday xulosa chiqarish mumkin-ki, Amir Temur tashqi siyosatida
12
xalqaro iqtisodiy savdo aloqalarini keng miqesda yo’lga qo’yish, undan
barchani, avvalambor, o’zining xalqini bahramand etish bosh g’oya bo’lib
xizmat qilgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy savdo maydonida bugungi kun
uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo’lgan vaziyat mavjud edi.
Amir Temurning mana bu so’zlari bunga dalildir: «Saltanatimning u chetidan
bu chetigacha biron bolakay boshida bir lagan tilla ko’tarib o’tadigan bo’lsa,
bir donasiga ham zarar etmaydigan tartib-intizom o’rnatdim». Amir Temur,
Mironshoh va Angliya qiroli Genrix IVlarning o’zaro diplomatik
ezishmalaridan ma’lum bo’lishicha, Angliya bilan elchilik aloqalarini
o’rnatib, savdo-sotiqni jonlashtirish yo’lida olib borilgan harakatlarda,
ayniqsa, Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, buyuk
Amir Temur saltanatining g’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh
u elchilar qatnovi, xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval. Mironshox
tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar edi. Bundan, avvalambor, ushbu
viloyatlarning noibi manfaatdor edi. CHunki Mironshox qo’li ostidagi
mulklarning g’arbiy chegaralari Evropa davlatlarining siesiy va iqtisodiy
doirasidagi Bolqon yarim oroli orqali O’rta dengiz mamlakatlari bilan
tutashgan edi.
Dostları ilə paylaş: |